O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.41K subscribers
13.1K photos
1.21K videos
587 files
6.93K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#ARXIV

📷 TEMURIYLAR
TARIXI DAVLAT MUZEYINING TASHKIL ETILISHI.
1996-йил.


Telegram  | Facebook | Instagram | Youtube  | Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Fanlar akademiyasi 80 yoshda

Fanlar akademiyasi 80 yilligi munosabati bilan efirga uzatilayotgan "Fan va tarix" turkum ko'rsatuvlarimizning Temuriylar tarixi davlat muzeyiga bag'ishlangan soni.
Ko'rsatuvlarimiz orqali Fanlar akademiyasi tarixini yosh avlodga yetkazishni, ilm-fanga fidoyilik ila umrini bag'ishlagan olimlarimiz xotirasini yodga olishni maqsad qilganmiz. Efirlarimizni kuzatib boring!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Online

Ayni damda Temuriylar tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-fevraldagi 90-f-sonli farmoyishiga muvofiq akademik Bo‘riboy Ahmedov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Amir Temur va Temuriylar davri tarixi masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘z ishini boshladi.

🌐Anjumanda ishtirok etish uchun zoom havolasi:➡️ https://us06web.zoom.us/j/5309067672?pwd=IHHeeKSeKjkuYvaVKx8X6AD0qiTHxP.1
Meeting ID: 530 906 7672
Passcode: 2024
O'zbekiston tarixi jurnali - 2022-3-son.pdf
10.6 MB
"Oʻzbekiston tarixi" jurnalining 2022-yil 3-soni mutolaa uchun havola qilinadi.

"Oʻzbekiston tarixi" jurnalining ushbu sonida:

✓ Ibrat va saboq
✓ Sovet hokimiyatining qatagʻon siyosatiga doir
✓ Turkiston jadidlarining tatar, turk, afgʻon va ozar taraqqiyparvarlari bilan aloqalari tarixiga oid
✓ "Taraqqiy" — Rossiya imperiyasi qatagʻoniga uchragan ilk milliy gazeta
✓ Germaniyadan qaytmagan turkistonlik talabalar taqdiriga oid
✓ San'at va xotin-qizlar qatagʻoni
✓ Oʻzbek jadidlari Sharqiy Turkistonda
✓ Mustamlakachilarning xufiya ishlariga oid dalil-isbotlar
✓ Turkistonda maʼrifiy-siyosiy kurash va jamiyatlar tarixiga oid
✓ Yot illatlar jadidlar va matbuot nigohida mavzusidagi maqolalarni oʻqishingiz mumkin!

https://t.iss.one/tarixchivijdoni
Forwarded from "Fan" nashriyoti
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

📌Har bir ishning qiyinchiligi hamda mashaqqati boʻlgani kabi asarning kitob boʻlib yaratilishi ham oʻziga yarasha qiyin va masʼuliyatli bosqichlardan iborat.

📚Qoʻlingizga tayyor boʻlgan maʼrifiy mahsulot — kitobni olar ekansiz oʻzgacha zavq-shavq va ajoyib tuygʻular ogʻushida qolasiz.

@fannashriyoti
#Ona tilimiz_35 yil

O‘zbek tili taraqqiyoti va targ‘iboti yo‘lidamiz!



“Ayni paytda aholi, ayniqsa, yoshlarimiz turli ma'lumotlarni asosan Internet va ijtimoiy tarmoqlardan olmoqda. Binobarin, ona tilimizni jozibali va qiziqarli tarzda taqdim etish, buning uchun o‘zbek tilining kompyuter dasturlarini, onlayn darsliklar, elektron lug‘atlarni yaratish kerak. Internet imkoniyatlaridan to‘liq foydalanib, o‘zbek tilini keng targ‘ib etish bo‘yicha ishlarimizni kuchaytirishimiz lozim. Davlat tili masalasi milliy g‘oyamizning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lishi zarur. Yosh avlod qalbiga ona tilimizni bolalikdan singdirish maqsadida ta’limning barcha bosqichlarida o‘zbek tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida mukammal o‘rgatishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Toki, bolalarimiz o‘zbek tilida ravon o‘qiydigan, ravon yozadigan va teran fikrlaydigan insonlar bo‘lib yetishsin».
Sh.M. Mirziyoyev

Bugun Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyot va folklori institutida “O‘zbek tili taraqqiyoti va targ‘iboti” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda institut olimlari, yosh tadqiqotchilar, tilimiz ertasiga befarq bo‘lmagan ziyolilar ishtirok etishdi. Anjumanning kirish qismida institut direktori Nizomiddin Mahmudov institutda tilimiz rivoji, istiqboli uchun qilinayotgan ilmiy izlanishlar, sa’y harakatlarga alohida to‘xtalib o‘tdilar. So‘zga chiqqan olimlar ham o‘zbek tili taraqqiyoti uchun faqat ziyolilargina emas, butun xalqimiz harakat qilishi lozimligini ta’kidlashdi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan ushbu anjumanda ishtirok etayotgan olimlar va izlanuvchilarning ilmiy maqolalari to‘plam sifatida chop etildi. Nizomiddin Mahmudov e’tirof etganlaridek “Til odam bolasiga muhtaram insoniylik rutbasini ato etgan muhtasham va muqaddas ne’matdir”. Tilimiz rivoji yo‘lida barchamiz birga harakat qilishimiz lozim!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube