O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
4.23K subscribers
14.5K photos
1.3K videos
628 files
7.62K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar TV | Davr Ахсикент бугун илмий изланишлар ва қурилиш-бунёдкорликнинг қайноқ нуқтасига айланган.

Тарихи 3000 йилга бориб тақаладиган қадим шаҳардаги сўнгги қазишма ишларида археологлар ноёб ерости йўлаклари, инфратузилма қурилмаларига дуч келдилар.

@yangidavr_rasmiy #axsikent
#Bugunning hikmati


Shunday  manzil  boʻlingki, hayotingizdan chiqib ketgan odamlar Sizni hech qachon unuta olmasinlar...

Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
Қарамлик,_қатағон_ва_миллат_йиғини.pdf
4.2 MB
#Ilmiy_yigʻinga_taklif_etamiz

Millat oydinlari, qiziquvchilar va gazetchi — jurnalchilarni 2024-yil 7-oktabr kuni soat 14:00 da Fanlar akademiyasi Tarix instituti, “Turon" kutubxonasi va Abdulla Qodiriy ijod maktabi birgalikda oʻtkazayotgan “Qaramlik, qatagʻon va millat” umummilliy ilmiy yigʻiniga taklif etamiz!

Manzil: Toshkent shahridagi Turon kutubxonasi (Toshkent shahri Zarqaynar kochasi, 23-uy).

https://t.iss.one/tarixchivijdoni
#akademik_tashrifi #Qahramon_Allayev

Joriy yilning 2-5 oktyabr kunlari Toshkent davlat texnika universiteti professori, texnika fanlari doktori, akademik Allayev Qahramon Rahimovich Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli, Chimboy, Bo‘zatov tumanlarida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida pedagoglar jamoasi va o‘quvchilar bilan davra suhbati o‘tkazdi.

👉Batafsil
Forwarded from "Fan" nashriyoti
#tavsiya

✍🏻Suvon Meli

📚„Tong, Toshkent va Gʻafur Gʻulom“ kitobi

🗓️2024-yilda nashr qilindi.

@fannashriyoti
Unvon muborak!


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz  olimasi "Tarix bo‘yicha ma’naviy-marifiy va o‘quv- metodik adabiyotlarni ekspertizadan o‘tkazish bo‘limi" ilmiy xodimi siyosiy fanlar doktori (DSc) Yuldasheva Guli Ismatullayevnaning 23.00.04 - "Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari" ixtisosligi boʻyicha professor unvonini olganligi bilan tabriklaymiz!

Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
Fizika sohasidagi yirik olimlarni birlashtirgan forum tafsilotlari

Qozog‘istonning Olmaota shahrida  "Yadro Fizikasi va texnologiyalari"nomli  nufuzli 5-chi xalqaro Forumi o‘z ishini boshladi. Xalqaro forum doirasida XV "Yadro va radiatsion fizikasi" xalqaro konferensiyasi hamda Yevropa Yadro Tadqiqotlari Markazining (CERN, Shveytsariya) Katta adron kollayderidagi yuqori energiyalar fizikasi sohasidagi eksperimental hamda nazariy tadqiqotlarga bag‘ishlangan xalqaro maktabi bo‘lib o‘tmoqda. Xalqaro forumda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti direktori, professor Husniddin Olimov ishtirok etmoqda. Forumning birinchi kunida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti hamda Qozog‘iston Energetika vazirligining Yadro fizikasi instituti o‘rtasida o‘zaro manfaatli xalqaro Ilmiy-texnik hamkorlik shartnomasi tantanali ravishda imzolandi.   Xalqaro forum 7-11 oktyabr kunlari davom etib, unda jahonning 20 dan oshiq  mamlakatidagi yetakchi olimlarining Yadro fizikasi, Energetika va materialshunoslik, Radiatsion fizikasi yo‘nalishlaridagi 300ga yaqin ilmiy ma’ruzalari taqdim etiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
🔈Jadidlar hayotiga qiziquvchilar diqqatiga!

📍Toshkent muzeyida shu mavzuda ilmiy seminar bo‘lib o‘tadi.

🗓10-oktabr 14:00

🗣Mavzu: Jadidlar dunyoqarashining yetakchi g‘oyalari

🎙Ma'ruzachi: Bahrom Irzayev

📱Zoom havolasi:
https://us06web.zoom.us/j/88477353218?pwd=OpiawCJJHfF7CePou3olhhWauhavSy.1

🌐history-museum.uz

📱Instagram \ 📱Facebook \ 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Янги_нашр

Машҳур асар қайта нашр этилмоқда

Ўзбек халқининг этник тарихи юзасидан бошланган илмий тадқиқотларни юксак даражада поёнига етказган олим Бўрибой Аҳмедовдир.

Ўзбекистон халқ ёзувчиси Пиримқул Қодиров ўзининг матбуотдаги чиқишларидан бирида Бўрибой Аҳмедовни “Ўзбекларнинг Бартольди” деб таърифлаган эди. Чунки Бартольд Ўрта Осиё тарихини қанчалик кенг диапазонда ўрганган бўлса, Бўрибой Аҳмедовнинг тадқиқотлари ҳам шунчалик кенг қамровли, бақувват илмий асосга эга.

Атоқли муаррих академик Бўрибой Аҳмедов (1924-2002) темурийлар даври тарихчилиги бўйича етук мутахассис ҳисобланади. У "Амир Темур" тарихий романи, ҳикоялар тўплами, бир қанча қўлланма ва луғатларнинг муаллифидир.

Шу кунларда "ФАН" нашриётида Бўрибой Аҳмедовнинг "Мирзо Улуғбек" эсселар тўплами нашр қилинмоқда.

Мазкур тўпламда Мирзо Улуғбекнинг туғилишидан вафотига қадар ҳаётининг муҳим жабҳалари, яқин ва узоқ Шарқ, Кичик Осиё, Марказий Осиё ҳамда Хуросондаги сиёсий вазиятлар ҳақида ҳикоя қилинади.

@olimlar_minbari
Ayni paytda Tarix instituti, “Turon" kutubxonasi va Abdulla Qodiriy ijod maktabi bilan birgalikda “Qaramlik, qatagʻon va millat” umummilliy ilmiy yigʻini boʻlib oʻtmoqda.

Ilmiy yigʻin yuzochdisida Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo bugungi ilmiy yigʻin ahamiyati, milliy ozodlik yoʻlida siyosiy faoliyat olib borgan jadidlarimizning va jadidchilik faoliyatining maqsadi haqida fikr bildirdi.

Tarix instituti bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabov "Turkiston jadidchiligining mazmun-mohiyati. Sovet hokimiyatining "katta terror" siyosati" maʼruzasida sovet hokimiyatining genotsid siyosati, 1938-yilgi qatagʻon haqida maʼlumotlar berdi.

Tarix instituti direktorining ilmiy ishlar bo'yicha o'rinbosari, tarix fanlari doktori Dilnoza Jamolova " Jadidchilik va "o'zbek tili" qatag'oni" mavzusida soʻzga chiqib, Jadidlarning ona tilini saqlash borasidagi harakatlari, maktablarda ona tilini oʻqitish masalasi, "Chigʻatoy gurungi" va Oʻzbek tili qatagʻoni haqida fikr bildirdi.