O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
4.21K subscribers
14.4K photos
1.3K videos
628 files
7.59K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Durdona

Umr mazmuni biz yashagan yillar bilan emas, amalga oshirgan ishlarimiz ila belgilanadi...

Buyuk o'zbek kino rejissyori Nabi G'aniyevning rejissorlik ustaxonasi beqiyos, bo'yoqlarga boy va serjilo edi. Sobir Abdulla va Nabi G'aniyevning samimiy hamkorligi bugungi davrimizga kelib ham badiiy qiymatini yo'qotmagan "Tohir va Zuhra" filmining yaralishiga sabab bo'ldi. Milliy kino san'ati saroyida O'zbek kinosi asoschilaridan biri Nabi G'aniyevning 120 yilligiga bag'ishlangan xotira kechasi bo'lib o'tdi. Unda Fanlar akademiyasi San'atshunoslik instituti Kino va televideniye bo'limi boshlig'i, san'atshunoslik fanlari doktori, professor Nigora Karimova so'zga chiqib, Nabi G'aniyevning o'zbek kinosiga qo'shgan beqiyos hissasi, Ularning ijodiy faoliyatida ko'pchilikka ma'lum bo'lmagan qirralari haqida so'zladi.

Nabi G'aniyev "San'at manfaatlari har narsadan ustundir", deyishi bu rejissyorning kinoga bo'lgan munosabatigina emas, uning turmush tarziga ham ta'rif beradi. Xotira kechasi kino ijodkorning rejissyor sifatidagi iste'dodi va inson sifatidagi go'zal fazilatlarini xotirlash bilan juda fayzli bo'lib o'tdi.

Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
Kashfiyot !!!

Bizning Maydanak observatoriyamiz, Italiya, AQSH, Madagaskar va Serbiyada joylashgan observatoriyalarning hamkorlikdagi kuzatuvlari natijasida 7930 (1987 VD) tartib raqamli asteroidning ikkita yo'ldoshi mavjudligi, ya'ni u 3 ta jismdan iborat tizim ekanligi kashf qilindi. Bunday tizimlar juda noyob bo'lib, hozirga qadar juda kam sonda aniqlangan. Kashfiyot CBET-5446 raqamli elektron telegramma orqali xalqaro hamjamiyatga e'lon qilindi. Tadqiqotda qatnashgan barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

🔭 @Astronom_Kamoliddin_Ergashev
#Bugunning hikmati

Kuz...ko‘ylagi eskirgan ayol,
Yashab-yashab esi kirgan ayol.
Omonatgina turgan ayol,
Sokingina o‘y surgan ayol.
Xazonlarni supirgan ayol,
Armonlarni supirgan ayol,
Yolg‘onlarni supirgan ayol.
Yuragida sher naʼra tortib,
Saman otlar gupirgan ayol.
Har kun yerga boshini egib,
Maysalarga bukilgan ayol.
Qurib qolgan labidan betin
Salovotlar to‘kilgan ayol.
O‘zgaradi seni deb qonun,
Tun tugamay nahor keladi.
Bir sen uchun, faqat sen uchun
Kuzdan keyin Bahor keladi.

Mehrinoz

Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Международная конференция по актуальным вопросам химии природных соединений
#19sep #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | «Tabiiy birikmalar kimyosi dolzarb muammolari» mavzusida xalqaro konferensiya
#19sep #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
🔴LIVE

Ayni paytda O'zbekiston tarixi davlat muzeyining filiali - Toshkent muzeyida Arxitektura fanlari bo'yicha falsafa doktori O'lmasov Akmal Foziljonovich ishtirokida seminar bo'lib o'tmoqda.

Seminarga qo'shilish👇
https://us06web.zoom.us/j/84557498202?pwd=7nw3olgs1u8Wckzna7iubT461aXlLl.1
#ANONS

ASLIDA QANDAY?..


Jahon tamadduni rivojida Mirzo Ulug‘bek ilmiy-ma’rifiy merosining о‘rni va ahamiyati.

📺 "O‘zbekiston tarixi" telekanali
🗓 BUGUN
19:30

https://uztv.tv/channels/uzbekiston-tarix

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Olimaga ehtirom

Olima, ustoz, murabbiy nomlariga ega akademik Mashhura Mavloniyning 90 yillik yubiley tadbiriga bag'ishlanadi.


Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
"Akademiklar va yoshlar" uchrashuvi Jizzax shahrida

2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi aʼzolarining ish-rejasida yurtimizda amalga oshirilayotgan ilm-fandagi islohotlarni keng targ‘ib qilish rejalashtirilgan.

Shu asosda, 2024-yil 14-sentyabr kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida (JDPU) “Akademiklar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari Qodir G‘ulomov, Bobomurod Ahmedov, yosh professor Ahmadjon Abdujabbarov, talabalar va yosh olimlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga mamlakatimiz va jahon fanidagi dolzarb masalalar va yangiliklar haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Tadbir savol-javoblar bilan yakunlandi va talabalar hamda yosh olimlar uchun qiziqarli va maʼlumotlarga boy uchrashuv bo‘ldi.

Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
Ta'ziyanoma TUBA.docx
264.4 KB
#Ta'ziyanoma

Safda boʻlganing  - yaxshi.
Qalbda  boʻlganing  - undanda yaxshi deyishadi. Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Sodiqovich Yuldashev vafoti munosabati bilan yo'llanayotgan ta'ziyanomalarning keti uzilmayapti. Inson rahbar bo'lishi, olim bo'lishdek ulug'vor nomlarga ega bo'lish bilan birga qalblardan joy olgan ODAM nomini olish eng muhimi ekanligini anglamoqdamiz. Behzod Sodiqovich bizga oddiy suhbatlarda ham saboq berar edilar, ularning vafotlaridan keyingi ko'p voqealar yana bizga saboq bermoqda. Yaxshi insonlarning ezgu amallari mangu barhayot deyishlari shu bo'lsa kerak...!