O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.42K subscribers
13.1K photos
1.21K videos
588 files
6.94K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
Forwarded from OʻzR FA Ilm-fan targʻiboti markazi/FAN VA TURMUSH (ShaKhzodbek...)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#art&science #anatoliy #sagdullayev

🎙O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ilm-fan targ‘iboti markazining ART&SCIENCE elektron jurnali 2-son 1-qismi O'zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, arxeolog, tarixchi, tarix fanlari doktori, professor Anatoliy Sagdullayev bilan bo'lib o'tgan suhbatga bag'ishlandi. Intervyu davomida arxeologning tarixiy nuqtayi nazardan qiziq misollar va bugungi kundagi ta'lim jarayonlaridagi tarix va arxeologiya fanining roli xususida to'xtalib o'tilgan. Shu bilan birga O'zbekiston sivilizatsiyalararo muloqot markazi va "Turon" atamasining tarixiy qiyofasi xususida keng qamrovdagi fikrlar alohida ahamiyatga ega.

Intervyuning to'liq qismini YouTube kanalimizda tomosha qiling.

Telegram | Facebook | YouTube
#Radioastronomiya

O‘zbekiston-Xitoy ilmiy hamkorligi: Radioastronomiyaning yangi yo‘nalishlari 📡


O‘zbekistonlik astronom olimlari akademik Bobomurod Ahmedov va yosh professor Ahmadjon Abdujabbarovlar Xitoy Fanlar Akademiyasining Milliy Astronomiya Observatoriyalari (NAOC) rahbariyati bilan muhim muzokaralar olib borishdi. NAOC Bosh direktori Prof. Jifeng Liu, Fan va texnologiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Prof. Shulin Li, hamda NAOC radioastronomiya bo‘limi boshlig‘i Prof. Dr. Jin Lin Xan bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida O‘zbekistonda radioastronomiya yo‘nalishini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi va muhim kelishuvlarga erishildi. Ushbu hamkorlik kelgusida O‘zbekistonda radioastronomiya sohasida yangi yutuqlarga yo‘l ochadi. 📡🌟

Bizni kuzatishda davom eting! Jarayonlar bilan bo'lishamiz.


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
#mustaqillik #konferensiya

2024 yil 26 avgust kuni O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq institutining Nazariy-tarixiy, davlat-huquqiy va konstitutsiyaviy-huquqiy fanlar bo‘limi tashabbusi bilan “O‘zbekiston davlat mustaqilligi – jamiyat taraqqiyotining omili” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Samarqand, Termiz, Namangan davlat universitetlarining yuridik fakultetlari, Toshkent davlat agrar universiteti, Chirchiq davlat pedagogika institutini, Toshkent davlat transport universiteti va boshqa tashkilot vakillari ishtirok etdi.

▶️ Batafsil

📣Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Web-sayt | Telegram | Facebook | You Tube
#Bugunning hikmati

Chiroyli insonlarning hammasi ham yaxshi boʻlmasligi mumkin.
Lekin yaxshi odamlarning hammasi chiroylidir.

Hazrati Ali (r.a.)

P/S: Qalbingizni go'zal qilavering, chiroyli so'zlang! Ishoning qalbimiz yuzimiz va ko'zimizda aks etadi!

Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
Forwarded from Sigma podcast
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siyosiy partiya oʻzi nima?

Podkastimizning navbatdagi sonida, Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Akbarshoh Teshaboyev bilan siyosiy partiyalar, ular qanday tashkil etilishi, partiya ochish uchun talablar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlar, yangi saylov tizimi va Oʻzbekistondagi partiyalar qanday gʻoyalarni ilgari surishi haqida suhbatlashdik.

Toʻliq podkast:

https://youtu.be/Bk-1AfsUGCc

@sigma_podcast
Forwarded from ZAMON | RASMIY
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
12:00  24.08.2024

Shavkat Mirziyoyev Kongress ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi

#Samarqand

muxbir: Dilfuza Esanova

https://t.iss.one/zamon_lavhalar
#Eʼtirof_muborak_boʻlsin


Samarqanddagi Kongresslar markazida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) VIII Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tdi.

Kongress davomida Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi direktori tarix fanlari doktori, professor Jannat Ismailovaga TÜRKSOYning maxsus medali bilan taqdirlandi. Ushbu yuksak mukofot TURKSOY Xalqaro tashkiloti Bosh kotibi Sulton Rayev tomonidan topshirildi.

TÜRKSOY – turkiy dunyo madaniyati xalqaro tashkiloti 1993 yilda O‘zbekiston, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Turkmaniston madaniyat vazirlari imzolagan bitim asosida ta’sis etilgan.  Tashkilotning asosiy maqsadi turkiy xalqlar o‘rtasidagi birodarlik va do‘stlikni mustahkamlash, turkiy xalqlar madaniyatini asrash va keng targ‘ib etishdan iborat.

@tarix_muzeyi