O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
4.26K subscribers
14.9K photos
1.33K videos
642 files
7.8K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#учрашув

Айни вақтда, Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси Давлат ва ҳуқуқ институти директори М.Т. Турғунов Инсон ҳуқуқлари бўйича Ўзбекистон Республикаси Миллий марказининг директорининг биринчи ўринбосари М.А. Тиллабаев Ўзбекистоннинг Озарбайжон Республикасидаги Фавқулодда ва Мухтор Элчиси Ашрафханов Баҳром Боҳодирович билан учрашув ташкил этилди.

Батафсил

📣Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг!
Web-sayt | Telegram | Facebook | You Tube
#Bugunning hikmati

​​Faqatgina kichkina dardlar va iztiroblar kimlargadir so'zlanadi, so'ng yengil tortiladi...
Eng og'ir dardlar hech kimga aytilmaydi...
Ular tilsizdir!
Vatanparvar № 31_2024.pdf
6.4 MB
"Taraqqiyot va ozodlik orzusi" jadidlar tuzgan taʼlim jamiyatlari

#VATANPARVAR gazetasining bugungi sonida Tarix instituti ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Tarix fanlari doktori Dilnoza Jamolovaning navbatdagi maqolasi chop etildi.

https://t.iss.one/tarixchivijdoni
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Studiya 24 | Mustaqilligimizning 33 yilligi: «Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!»
#2aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Илм-фан ва юксак тамаддун ўчоғи - бугун қадим Ахсикент шаҳри улкан бунёдкорлик, археология ва илм қайнаётган нуқтага айланган. Дунёнинг етакчи археолог, этнолог олимлари Ахсикент томон ошиқишмоқда | Ахсикент археология паркида амалга оширилаётган ишлар таҳлили O‘zbekiston tarixi телеканалининг Ko‘hna manzillar кўрсатувида

#1avgust #uzbtarixi #axsikent #exclusive
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ekspeditsiya | Темурийлар даври - Ахси қўрғони, ушбу ҳудуд қадим Ахсикентдан дарё ёқалаб уч километр масофада жойлашган. Бугун ушбу ҳудуд Ахсикент археология парки таркибида, етти манзилда Ахсикент экспедицияси томонидан археологик қазишмалар олиб борилмоқда
#2aug #dunyobuylab #axsi #axsikent

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Bugunning hikmati

Ko'p odamlar kechqurun zo'r gʻoyalarni o'ylab topishadiyu, lekin ertalab uyqudan uyg'ongach, baribir yana eski ishlariga ketishadi!

Jek Ma

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
№ 155 от 3 августа Правда Востока1.pdf
1.4 MB
⁨Бахром Абдухалимов.
Вице-президент Академии наук Республики Узбекистан, доктор исторических наук, профессор.  НОВЫЙ УЗБЕКИСТАН: устойчивое развитие межнациональных отношений в современном мире!  / ПРАВДА ВОСТОКА.  3 августа 2024 года,  суббота № 155 (30464). С 3.
#Dolzarb mavzu
Hasharotlarning termitlar Blattoidea turkumiga mansub vakillari tabiatda keng tarqalgan boʻlib, ular biozararlash obyekti sifatida barcha tropik va subtropik mamlakatlarda haqiqiy ofat hisoblanadi. Hozirgi kunda arxitektura va bebaho madaniyat yodgorliklari, qadimiy ustalarning noyob asarlari, gidrotexnik inshootlar, aholi turar joy va maʼmuriy binolardagi yogʻoch konstruksiya qurilmalarining termitlardan zararlanish holatlari kuzatilmoqda. Bundan tashqari Afrika, Hindiston, Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlarida termitlarning zararli faoliyatidan butun qishloq, hatto shaharni ham koʻchirishga toʻgʻri kelgan.
Termitlarning fanda 3000 ga yaqin turi maʼlum boʻlib, ulardan 120 turi zararkunanda sifatida qayd qilingan (Belyayeva, 2004). Markaziy Osiyo mamlakatlari hududlarida termitlarning 4 turi uchraydi. Shulardan, Oʻzbekistonda turkiston termiti (Anacanthotermes turkestanicus Jas., 1904) va katta kaspiy orti termiti.
Hozirda mamlakatimiz hududida joylashgan bir qator inshootlardagi yogʻoch-taxta va boshqa qurilish materiallariga termitlar jiddiy darajada zarar yetkazmoqda. Termit populyatsiyalari sonini boshqarish boʻyicha olib borilayotgan ishlarga qaramasdan, ularning areali tobora kengayib bormoqda. Bugungi kunga kelib, Respublikamizda 19 mingdan ortiq aholi xonadonlarida termitlarning zarari qayd qilingan. Shuningdek termitlarning Respublikamizning deyarli barcha viloyatlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida ijtimoiy soha binolari va ayniqsa tarixiy obidalarning yogʻoch konstruksiyalariga zarar yetkazishi juda katta tashvish uygʻotmoqda.
Respublikamizda yogʻoch materiallari beton, metall va boshqa qurilish materiallariga nisbatan kengroq qoʻllaniladi. Ammo, yogʻoch zamburugʻ va hasharotlar tomonidan zararlanishi natijasida, uning xizmat muddatlari keskin qisqaradi. Yogʻoch materiallariga zamburugʻ va boshqa mikroorganizmlar tomonidan qattiq shikast yetkazilishi natijasida asosiy diqqat-eʼtibor yogʻoch-taxtani chirishdan saqlashga qaratilgan. Aslida esa, asosiy zarar hasharotlar, ayniqsa, termitlar va parmalovchi qoʻngʻizlar tomonidan yetkaziladi. Termitlar keng tarqalgan hududlarda anʼanaviy binolar qurilishida yogʻoch qoʻllanilsa, termitlar bilan zararlanish darajasi oʻta xavfli tus oladi.

Termitlarga qarshi kurashish borasida mamlakatimiz olimlari ham qator izlanishlarni amalga oshirishmoqda. Bular haqida batafsil Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi ilmiy xodimlarining Radiomuloqotdagi fikrlari orqali tanishishingiz mumkin.👇

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
Audio
#RADIOESHITTIRISH VAQTI

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
📺“О‘zbekiston tarixi” telekanali “Qismat” kо‘rsatuvining navbatdagi sonida Abu Zafar  Bahodirshoh haqidagi qiziqarli va tarixiy ma’lumotlar bilan tanishishingiz 👇
https://youtu.be/6InQSYORRm0?si=LywLMhuvdDaR-5i2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Albatta_koʻring

Kun.uz tahririyatining Tarix Instituti olimlari bilan hamkorlikda tayyorlanayotgan "Koʻhna tarix" ruknining navbatdagi soni.

Tarix instituti ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, tarix fanlari doktori Dilnoza Jamolova "Oʻzimizni oʻzimiznikilarga qarshi qilgan siyosat. Jadid va qadim masalasi" mavzusida fikr bildirdi.

Batafsil: https://youtu.be/wO7LhY6ouCE?si=dutxkejyc-wf9kGE
Turkistonda o‘nlab yangiliklarga sabab bo‘lgan, Behbudiyni o‘zgartirgan haj ziyorati

Behbudiy Istanbul, Qohira, Damashq shaharlarida ayollarning ham masjidda namoz oʻqishlari, u yerda oʻz uylaridek tikish qilib oʻtirganlarini koʻrib hayratga tushgan. Bozorlarda erkaklar bilan barobar savdo bilan shugʻullanayotgan ayollar oʻz ishining ustasi ekaniga guvoh boʻlgan. Barcha sohalarda islohotlar qilishni yoqlab chiqqan Mahmudxoʻja Behbudiy Turkiston jamiyatidagi ayollar mavqeyi oldingidek saqlanib qolishi tarafdori boʻlgan va ayollar masalasida anʼanaviylik fikrida qolgan.

Tarix instituti ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, tarix fanlari doktori Dilnoza Jamolova

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/2924

https://t.iss.one/tarixchivijdoni
Paxta shoxlarining uzunligini boshqaruvchi gen: GhSBI1 kashf qilindi.

ℹ️Paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishish uchun shox uzunligi muhim omil hisoblanadi. Shoxlarning qisqarishi ekish zichligini oshirishga yordam beradi, bu esa paxtaning hosildorligini oshiradi. Yaqinda olib borilgan tadqiqotda, "Short Branch Internode 1" (GhSBI1) deb nomlangan gen aniqlandi. Ushbu gen, CUP-SHAPED COTYLEDON 2 (CUC2) ga o'xshash NAC transkripsiya faktorini kodlaydi va mikroRNA ghr-miR164 tomonidan boshqariladi.

🔗Maqola Wileyning Plant Biotechnology Journal nomli jurnalida nashr etilgan.

👉Ko'proq o'qish👈

📢 Genomika va bioinformatika markazi rasmiy telegram kanali:
👉@centerofgenomics