#Xalqaro hamkorlik
O'zbek va Xitoy zoolog olimlari hamkorligi-yangi tadqiqotlar sari qadamlar
Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti va Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar Akademiyasi Zoologiya instituti o'rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida imzolangan memorandumga asosan, joriy yilning 1-17-iyun sanalarida XXR FA Zoologiya institutining ilmiy kollesiya bo'limi xodimlari Zhu Xichao, Zhao Kaidong, Liu Chenglin, Zhao Jiatenglarning Fanlar akademiyasi Zoologiya institutiga tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida Zoologiya instituti Entomologiya laboratoriyasi xodimlari bilan davra suhbati, ilmiy seminarlar tashkil etildi hamda kelgusidagi ilmiy hamkorlik bo'yicha rejalar muhokama qilindi. Xitoy Entomolog olimlari bilan hamkorlikda Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida hasharotlarning tog' oldi va cho'l hududlarida tarqalishi va tur tarkibini o'rganish yuzasidan ekspeditsiyalar amalga oshirildi. Shuningdek, tashrif mobaynida Xorazm Maʼmun akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttps

Forwarded from O'zbekiston 24 ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Genomika va bioinformatika markazi!
#dala_tajribalari
Genomika va bioinformatika markaziga qarashli Maxsus urug’chilik xo’jaligidagi tajriba dala maydonlariga ekilgan g’o’zalar gullashi davom etmoqda…
Tajriba maydonlarida ekilgan o’simliklar holati va o’sish jarayonlari markaz hodimlari va izlanuvchilari tomonidan doimiy kuzatuvda.
🌐Bizni kuzatishda davom eting:
📢 KANAL: @centerofgenomics

#Akademik bilan uchrashuv
Joriy yilning 27-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Akademik olimlar bilan uchrashuv” tadbirining navbatdagi mehmoni bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi Reymov Axmed Mambetkarimovich “Hayotiy tajribalari, ilm yoʻllaridagi faoliyati” bilan oʻrtoqlashdi.
Uchrashuv davomida ikki universitet oʻrtasida akademik, ilmiy-tadqiqot va xalqaro yoʻnalishlarda yaqindan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, malakali kadrlar tayyorlashda oʻzaro koʻmaklashishni koʻzda tutuvchi hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shundan soʻng Axmed Mambetkarimovich TATU da talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

#Bugun tug'ilgan kun
Bugun Fanlar akademiyasi akademigi Tulyaganov Dilshod Ubaydullayevich tavallud topgan kun!
Tulyaganov Dilshod Ubaydullayevich 1960-yil 29-iyunda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan.
1982-yilda Toshkent Politexnika institutining (ToshPI) “Kimyo texnologiyasi” fakultetini tugatgan va muhandis-texnolog mutaxassisligini olgan. Texnika fanlari doktori.
Tulyaganov Dilshod Ubaydullayevich 1983-1986-yillar davomida Toshkent Politexnika institutining aspiranti sifatida faoliyat olib bordi. 12.04.1986 nomzodlik dissertatsiyani himoya qildi. Shu institutda 1986 – 1990-yillarda katta ilmiy xodim lavozimida, 1991-1994-yillarda Toshkent kimyo-texnologiya institutining doktoranti sifatida ish faoliyatini olib bordi va 10.03.1994 doktorlik dissertatsiyani himoya qildi. 1994-1999-yillarda Toshkent kimyo-texnologiya institutida katta oʻqituvchi va dotsent lavozimlarida pedagogik faoliyatini olib bordi. Undan keyin Meksikaning milliy politexnika institutida (IPN, CINVESTAV, Saltillo) professor lavozimida va Portugaliyaning Aveyru Universitetida taklif etilgan ilmiy xodim sifatida faoliyatini davom ettirdi. 2003-2008-yillarda Toshkent kosmik asbobsozlik ilmiy tekshirish institutida va 2008-2009 Yerni masofadan zondlash va GIS texnologiyalar markazida laboratoriya mudiri sifatida faoliyat olib bordi. 2009-yildan bunungi kungacha Toshkent shahridagi Turin politexnika universtitetida ilmiy va pedagogik faoliyatini davom ettirmoqda va kafedra mudiri sifatida ishlab kelmoqda.
2017-yil Oʻzbekistonda ilk marta Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi hamda AQSHning Clarivate Analytics kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan Science Leader Web of Science award – 2017 xalqaro sovrinining Birinchi darajali faxriy yorliq sohibi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-sentyabrdagi farmoniga binoan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan. Ularga Fanlar akademiyasining katta jamoasi nomidan uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qolamiz!

#Bugunning hikmati
Hayot bu yakka holda rivojlanish emas. Hech kim alohida holda yuksala olmaydi.
Hayot bir-biriga suyanib va tayanib yashashdir.
Shuhrat ORIF
Yonimizdagilar, doim yordamga qo'lini cho'zayotganlar omon bo'lishsin! Xayrli yakshanba tilaymiz!

O'zbekiston yoshlari!
Barchangizni bugungi katta bayram — “30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan chin qalbdan,samimiy tabriklaymiz!
Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim o‘rinliki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda.
O'zbekiston ilm-fani ertasini ham SIZ yaratasiz! 80 yillik tarixga ega O'zbekiston Fanlar akademiyasi kelajagi, yaratiladigan yangi loyihalar va tadqiqotlar bevosita sizning ilmingiz va shijoatingizga bog'liq! Ilm yo'lida sabot ila, dadil qadam tashlang! Ustozlar yaratgan ulkan ilmiy maktablar SIZNI kutmoqda! Bayram muborak yurtimiz ertasi, ko'zimiz qorasi bo'lgan aziz yoshlar!
Hurmat ila, Fanlar akademiyasi jamoasi!