O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
4.23K subscribers
14.6K photos
1.31K videos
630 files
7.65K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#Xalqaro hamkorlik

Ilk marotaba Toshkentda “Markaziy Osiyo – Xitoy” tahlil markazlarining IV forumi bo'lib o‘tdi



4-iyun kuni Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha tadqiqotlar instituti hamkorligida tashkil etilgan “Birgalikda farovonlik va barqaror rivojlanish sari oʻzaro manfaatli hamkorlik” mavzusida “Markaziy Osiyo – Xitoy” tahlil markazlari IV forumi boʻlib oʻtdi.
Ushbu tadbir Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil may oyida Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Sian shahrida boʻlib oʻtgan sammitida eʼlon qilgan tashabbusini amalga oshirish doirasida oʻtkazildi.

Fanlar Akademiyasi vitse prezidenti Bahrom Abduxalimov ham ushbu nufuzli tadbirda  tadbirda o‘z maʼruzalari bilan qatnashdi.

Batafsil👉https://facebook.com/academy.uz

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttps
O‘zbeksiton Respublikasi Fanlar akademiyasi Ilm-fan targ‘iboti markazi vakillari Chirchiq davlat pedagogika universiteti mutaxassislari bilan uchrashib, "Fan va turmush" jurnalining 2023-yilda chop etilgan sonlarini universitetga sovg‘a qildilar. Uchrashuvda markaz direktori - Bosh muharrir A.Hakimov Ilm-fan targ‘iboti markazi faoliyati, jurnalning tuzilishi, maqola qabul qilish, obuna shartlari to‘g‘risida batafsil ma'lumot berdi.
#Kutubxonaga_sayohat

Tarix instituti yosh tadqiqotchilari “Turk dunyosi yosh tarixchilarining 3-yozgi oʻqishlari” doirasida Sivas Cumhuriyet Üniversitesi Ilohiyot fakulteti kutubxonasidagi nafaqat Turkiya, Turon—Turkistonning turli davr tarixiga oid manbalar, bugungi kunda chop etilgan ilmiy nashrlar va jurnallar bilan tanishdi.
Tarix instituti yosh tadqiqotchilari 40 mingdan ortiq kitoblar saqlanadigan mazkur kutubxonadan oʻzlarining ilmiy tadqiqot ishlariga oid kitoblar bilan batafsil tanishib chiqib, koʻplab maʼlumotlarga ega boʻldilar.

https://t.iss.one/tarixchivijdoni
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
https://uztv.tv/channels/uzbekiston-tarix

#ANONS

OYBEK h/f

🗓 5-iyun
21:00

👉Do‘stlaringizga ham ulashing. t.iss.one/uzbtariximtrk

Rasmiy sahifamiz👇
Telegram
🌐 Instagram
Facebook
📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Inson huquqlari himoyasi borasida muhim qadamlar

Ayni damda Samarqand shahrida hamkor tashkilotlar – Inson huquqlari bo’yicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori bilan hamkorlikda “Milliy ozchiliklarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotda samarali ishtiroki boʻyicha tavsiyalar” mavzusida xalqaro davra suhbati oʻtkazilmoqda. Tadbirni Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Akmal Saidov kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Batafsil👉 Davra suhbati
Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttps
Noyob ilmiy obyekt-Oʻzbekiston Milliy gerbariysi (TASH)ni modernizatsiyalash rejalashtirilmoqda

Ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish yoʻlidagi muhim qadam sifatida Xitoy xalqaro taraqqiyot hamkorlik agentligi (CIDCA-China International Development Cooperation Agency) delegatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutidagi Oʻzbekiston Milliy gerbariysiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif Milliy gerbariyning noyob ilmiy obyektini modernizatsiya qilishga qaratilgan navbatdagi strategik ilmiy hamkorlikning rivojlanayotganligini anglatadi. CIDCA delegatsiyasi Botanika instituti xodimlari tomonidan iliq kutib olindi. Tashrifda ikki davlatning ilmiy tadqiqotlar va biologik xilma-xillikni asrash borasidagi oʻzaro majburiyatlari ta’kidlandi. Hamkorlikning asosiy maqsadi Milliy gerbariyni eng zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni modernizatsiya qilish, noyob gerbariy namunalarini saqlash va ulardan oqilona foydalanish imkoniyatini ta’minlashdan iborat.

Batafsil👉Xalqaro hamkorlik
#Bugunning hikmati

Biz oldin miyani to'ydiraylik, so'ngra u qorinni to'yg'azadi.

Yapon maqoli

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttps
Forwarded from Hydromet.uz
#ob_havo

6 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI

Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, janubda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.. Harorat 32-37° bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 33-35° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo‘ladi.


ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА 6 ИЮНЯ


Сегодня днем по республике без осадков, лишь по областям Ферганской долины во второй половине дня местами возможен кратковременный дождь, гроза. Ветер 7-12 м/с, по югу возможно усиление до 13-18 м/с, с пыльным поземком. Температура 32-37°.

В столице без осадков. Ветер 5-10 м/с. Температура 33-35°.

По предгорным и горным районам местами возможен кратковременный дождь, гроза. Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 13-18 м/с. Температура 20-25°.
#Tarixiy_obidalarga_sayohat

Tarix institutining Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (#TIKА)  bilan hamkorlikda “Turk dunyosi yosh tarixchilarining 3-yozgi oʻqishlari” davom etmoqda!
Tarix instituti yosh tadqiqotchilari Sivas Cumhuriyet Üniversitesi Tarix boʻlimi professor-oʻqituvchilari bilan birgalikda Sivas shahrida joylashgan turli davrga oid tarixiy obidalar va uy muzeylariga tashrif buyurib, yaqindan tanishishdi.

https://t.iss.one/tarixchivijdoni