O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.39K subscribers
13K photos
1.2K videos
585 files
6.87K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#xalqaro_ilmiy_anjuman
🏛Namangan davlat pedagogika institutida "Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda axloqiy-estetik tarbiyani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari" mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman oʻz ishini boshladi.

Anjumanda Rossiya, AQSh, Belorussiya, Zambia, Qozogʻiston, Qirgʻiziston kabi dunyoning 20 ortiq mamlakat vakillari online va offline tarzda ishtirok etishmoqda.

Xalqaro ilmiy anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Saidahror Gʻulomov, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti Ilmiy loyihalar va dasturlar departamenti direktori Perizat Parmanqulova, Oʻsh davlat universiteti dotsenti Jamilya Dosmatova, Zambiyalik oʻqituvchi Millimo Mundialar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishmoqda.

♻️ Kanalga ulanish👇
🌐 https://t.iss.one/namspi
#Bugunning hikmati

​​Har bir hurgan itga tosh otsangiz, manzilingizga yetolmaysiz.

Uinston Cherchill
11:00:00-12:00:00
RADIO 24
📻 "O'zbekiston-24" radiokanali Fm 87.9да 28  May Seshanba  soat 11:15 da O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik Bobomurod Ahmedov bilan “Radiomuloqot" dasturi
📆Muallif-Gulmira Otajonova
#Online

Ayni daqiqalarda "Jadid ma'rifatparvarlarining o'zbek adabiy tili rivojidagi o'rni" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o'z ishini boshladi. Tafsilotlar bilan bo'lishamiz. Bizni kuzatishda davom eting!
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori Amanulla Bo'riyev professor unvoniga ega bo'ldi.

Ustozni ushbu yuksak martaba bilan institut jamoasi chin yurakdan tabriklaydi. U kishining ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaydi. Unvon muborak bo'lsin, aziz ustoz.

@sharqinstituti
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#DAVR_yangiliklar_dasturi

Tarix instituti tashabbusi bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oʻtkazilgan "Turkistonning iqtisodiy tarixi: eng qadimdan kunimizgacha" ellararo ilmiy yigʻin tafsilotlari.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, AQShning Ohayo universiteti Tarix kafedrasi mudiri, professor Skot Levay

https://t.iss.one/tarixchivijdoni
Forwarded from Uzbekistanofficial | Расмий канал Тезкор Xабарлар ва Янгиликлар
“Eng zo‘r bo‘lishni xohlasang, eng zo‘rlari bilan ishla”, — ekspert O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini yaratish haqida fikrini bildirdi.

O‘zbekistonlik siyosatshunos ekspert, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi Ravshan Nazarov Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi yakunlariga quyidagicha izoh berdi: “O‘zbekistonga atomli avlodning paydo bo‘lishi masalasi oldinga siljidi. Tomonlar kam quvvatli atom elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha kelishib oldilar. Ular Rossiyada allaqachon sinovdan o‘tgan. Va umuman olganda, atom energetikasi nuqtai nazaridan, Rossiya dunyoda bu yo‘nalishda yetakchi hisoblanadi. Shuning uchun tanlov ham ayon — eng zo‘r bo‘lishni xohlasang, eng zo‘rlari bilan ishla".

O‘zbekistonga “tinch atom”ning kirib kelishi — energiya taqchilligini bartaraf etish, respublikaning sanoat va ijtimoiy sohasini rivojlantirish yo‘lida qo‘yilgan qadamdir. Hamkor sifatida aynan Rossiya tanlanganiga hayron qolishning hojati yo‘q. O‘zbekiston ushbu rolga strategik ittifoqchi va asosiy iqtisodiy hamkor sifatida boshqa hech kim bo‘lmagani kabi mukammal darajada mos keladi
.
#Bugunning hikmati

Yomon gumonda boʻlgan kishi nopokdir.
Aslida u oʻz ichidagi (nopoklik)ni tashqariga chiqaradi.

Shams Tabriziy

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttps
#Yangi_tajriba

TARIXIY OBIDALARNI TERMITLARDAN HIMOYA QILISH !!! 

Respublika termitlarga qarshi kurashish ilmiy ishlab chiqarish markazi olimlari tomonidan Surxondaryo viloyati “Termiz” davlat muzey-qo'riqxonasi xodimlari bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyati madaniy-tarixiy obidalar hududlarida termitlarning tarqalishi va zararli faoliyati bo'yicha monitoring tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, Kushonlar davriga oid Qoratepa va Fayoztepa tarixiy yodgorliklari hududlari, asosiy bino va unga yondosh qo'shimcha binolarida termitlar bilan zararlanish holati qayd etildi. Mazkur tarixiy obidalarni termitlar zararidan himoyalash maqsadida, Fayoztepa stupasi atrofiga va Labirint monastiriga hamda Qoratepa buddaviylik inshootlarida termitlar zararini oldini olish maqsadida Respublika termitlarga qarshi kurashish ilmiy ishlab chiqarish markazi olimlari tomonidan yaratilgan yangi ko'rinish va tarkibdagi “Antitermit” yem-xo'raklari tajriba-sinov tariqasida o'rnatildi.

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttps