O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
4.49K subscribers
15.5K photos
1.41K videos
659 files
8.08K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#XALQARO HAMKORLIK

🟢 Avval xabar qilganimizdek,
“Oʼzbekistonda Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti kunlari” doirasida dubnalik delegatsiya a’zolari Fanlar akademiyasi Astronomiya institutiga tashrif buyurdilar va ilmiy hamkorlik o'rnatish bo'yicha dastlabki muzokaralar o'tkazildi.

🗣️ Shuningdek, "Байкальский глубоководный нейтринный телескоп Baikal-GVD" mavzusida ma'ruza tashkil etildi. Ma'ruza yakunida qizg'in sabol-javob, muhokama bo'ldi va o’zaro fikr almashildi.

➡️Tashrif yakunida mehmonlar Institut faoliyati, muzey va AI fotografik arxivi bilan yaqindan tanishdilar.


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

💖O'zbekiston tarixi davlat muzeyida xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi

🇺🇿🇹🇷Bugun tongda O'zbekiston tarixi davlat muzeyiga Turkiya Respublikasining An'anaviy hunarmandchilikni muhofaza qilish va saqlash uyushmasi (GESKODER) vakillari tashrif buyurdi. Tashrif davomida ta'limni rivojlantirish, madaniy treninglar, ilmiy tadqiqotlar, badiiy ijod sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi va tashkilotlar o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🇺🇿🇷🇺Kunning ikkinchi yarmida Altay davlat universiteti (Rossiya) delegatlari bilan uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvda tomonlar o'rtasida ilmiy, madaniy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

🌐 history-museum.uz

😎Telegram \ 😎Instagram \ 😎Facebook \ 😎 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_ilmiy_amaliy_anjuman #Live

⚡️Ilm va innovatsiya yashil kelajak uchun yagona maydonda!

Ayni damda Qarshi davlat universitetida “Yashil energetika va yashil iqtisodiyot” mavzusidagi GEE-2025 konferensiyasi o'z ishini boshladi.

Anjumanning yalpi yig‘ilishida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari Saidahror Gʻulomov, Qalandar Abdurahmonov, Sadritdin Turabjanov, Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi, kimyo fanlari doktori, professor, Ozarbayjon Respublikasi Fan va taʼlim vazirligining Radiatsiya muammolari instituti bosh direktori Islam Mustafayev va Oʻzbekiston Ekologik partiyasi rahbari, professor Abdushukur Xamzayev ma’ruzalari tinglandi. Anjuman davom etmoqda.


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO HAMKORLIK

☄️ OʼzR FА Zoologiya institutiga Xitoy xalq Respublikasi Pekin shahridagi Tsinghua Universiteti olimlari tashrif buyurdi va xalqaro hamkorlik borasida muzakoralar olib borishdi.

✔️ Ushbu universitetit Xitoyning nufuzli oliy talim muassasalaridan biri sifatida tanilgan. Professor Peyvu Sin oʼzlarining tadqiqot natijalari yaʼni suniy intelekt orqali odam va hayvonlardagi yuqumli kasalliklarni bashoratlash oldini olish choralarini ishlab chiqish borasidagi natijalar haqida gapirdi.

Tashrif doirasida mehmonlar Zoologiya instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mexmonlar akademik D.А.Аzimov bilan hamkorlik borasida suhbatlar olib borishdi. Xitoy va Oʼzbekiston davlat dasturlari asosida loyihalar shakllantirish borasida takliflar va yoʼnalishlar taʼkidlab oʼtildi.

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO HAMKORLIK

☄️Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi Shohrux Choriyev Rossiyadagi Аleksandr Gorchakov nomidagi Jamoat diplomatiyasi jamgʼarmasi hamda Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti hamkorligida tashkil etilgan “InteRussia Fellowship Programme in Oriental Studies” xalqaro ilmiy-tadqiqot dasturiga tanlab olingan stipendiat sifatida ishtirok etdi.

➡️ Dastur Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida boʼlib oʼtdi hamda sharqshunoslik, tarix, siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar va arxeologiya yoʼnalishlaridagi ilmiy tadqiqotlar, ma’ruzalar va muloqotlarni qamrab oldi.
Dastur doirasida Shohrux Choriyev “Mikrotarix usulida bank faoliyati: Turkistondagi Sibir savdo banki va tijoratchi tabaqa (XX asr boshlari)” mavzusida tadqiqot olib bordi.

▶️ Shuningdek, dastur doirasida qator nufuzli ilmiy muassasalarga tashriflar amalga oshirildi:
✔️ Rossiya FА Sharqshunoslik instituti (Moskva);
✔️ Sharq qoʼlyozmalar instituti (Sankt-Peterburg);
✔️ Rossiya FА tarix instituti;
✔️ Kunstkamera muzeyi, Davlat Ermitaji;
✔️ Rossiya davlat kutubxonasi, Pashkov uyi;
✔️ Rossiya davlat arxivi va Novodevichiy monastirga ekskursiya;
Bundan tashqari, ishtirokchilar uchun PR-kontent yaratish, madaniy sayohatlar va media faoliyatlar tashkil etildi.

❗️ “InteRussia Fellowship Programme in Oriental Studies” dasturi yuqori tashkilotchilik darajasi, akademik mazmuni va xalqaro aloqalar uchun muhim platformasi bilan ahamiyatli boʼldi hamda ilmiy salohiyatni yanada oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish imkoniyatini berdi.


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_KONFERENSIYA

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti tomonidan tashkil etilgan "Global iqlim o‘zgarishi va oziq-ovqat xavfsizligida o‘simliklar genetikasi hamda eksperimental biologiyaning ahamiyati" mavzusidagi yirik xalqaro ilmiy anjumani boshlanish arafasida.


📍Manzil: Hilton Tashkent City, Toshkent shahri

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO HAMKORLIK

☄️ OʻzR FA Astronomiya institutiga Moskva davlat universitetining Shternberg nomidagi Astronomiya instituti olimlari tashrif buyurdi.
✔️ Tashrif davomida mehmonlar Instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar hamda ular ishtirokida oʻzgaruvchan yulduzlar tadqiqotlari, asteroidlar, kometalar hamda boshqa Yerga yaqin obyektlar xavflari, shuningdek, Toshkent astronomik observatoriyasi tarixiga oid maʼruzalar qilindi va o’zaro fikr almashildi.
Bundan tashqari, shu sohada faoliyat olib borayotgan Institut yosh olimlariga o'z maslahatlarini berdilar hamda kelgusi ilmiy hamkorlik masalalarini ham muhokama qildilar.


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

🇹🇲Joriy yilning 19-may kuni Turkmaniston Respublikasining energetika sohasidagi rasmiy va ilmiy delegatsiyasi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutiga ilmiy tashrif bilan keldi.

Unda Turkmaniston Respublikasidan kelgan mutaxassislar institut ilmiy xodimlari bilan o‘zaro fikr almashib, institut faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar qayta tiklanuvchi energiya, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, mintaqaviy ekologik muammolar va ilm-fan sohasidagi istiqbolli hamkorlik masalalariga alohida to‘xtaldi.

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Workshop_program May 21-25_Final_19052025.pdf
238.8 KB
#XALQARO KONFERENSIYA

Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan PRIM 01-10 sonli “Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutini modernizatsiya qilish: Ilg‘or energiya saqlash tizimlari uchun infratuzilmani yangilash va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish” mavzusidagi loyiha doirasida 21-may kuni soat 10:00da U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida “Advanced Materials and Energy Storage Systems” (Ilgʻor materiallar va energiyani saqlash tizimlari) xalqaro konferensiyasi o’z ishini boshlaydi.
Konferensiya 21-25-may kunlari o’tkaziladi.

Konferensiyada soha bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya, Yaponiya, Pokiston hamda Turkiya davlatlaridan 20 dan ortiq xorijiy hamda respublikamizning yetakchi olimlari, muhandis va mutaxassislari istirok etadi.


📍 Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani (Akadem shaharcha) Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, 33 (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti).


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO HAMKORLIK

Batumi Botanika bog‘i rahbariyati Toshkent Botanika bog‘ida


☄️ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘iga ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Gruziya Respublikasi Batumi Botanika bog‘i direktori janob Irakli Archaia boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
➡️ Tashrif doirasida mehmonlar Toshkent Botanika bog‘ining o‘simlik kolleksiyalari, gerbariy va urug‘lar fondi bilan yaqindan tanishdi, bog‘ni boshqarish va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashildi. O‘simliklarni saqlash, ularni muhofaza qilish, ilmiy tadqiqotlar olib borish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.

🗣️ Eng muhim voqealardan biri sifatida, Toshkent Botanika bog‘i hamda Batumi Botanika bog‘i o‘rtasida ilmiy hamkorlik va tajriba almashish bo‘yicha Hamkorlik Memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum o‘zaro almashuvlar, qo‘shma tadqiqot loyihalari, ekoturizm va o‘simlik xilma-xilligini saqlash sohalaridagi hamkorlikning mustahkam huquqiy asosiga aylanadi.

✔️ Tashrif 19-maydan 23-maygacha davom etishi rejalashtirilgan bo‘lib, ikki muassasa o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator uchrashuv va muzokaralar o’tkaziladi.

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM