O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
4.25K subscribers
14.7K photos
1.32K videos
636 files
7.71K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
🔊 E‘LON❗️

Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyati, harbiy mahoratini o‘rganish va keng miqyosda targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi unversitetida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Zahiriddin Muhammad Bobur faoliyati va ijodining xalqaro miqyosda o‘rganilishi va uning ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada faol ishtirok eting.

Telegram  | Facebook | Instagram | Youtube  | Web-site
#E’tirof

2024-yil 5-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 9-sentyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligiga bag'ishlangan yubiley tadbirlarini o'tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-298-sonli qarori ijorisini taʼminlash maqsadida Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yuldashev tomonidan Tarix Instituti direktori, akademik Azamat Ziyo, bosh ilmiy xodim, professor Dilorom Alimova va Kadrlar bo'limi boshlig'i Sayyora Xamraliyeva O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 80 yilligi Esdalik nishoni bilan taqdirlandilar. Shu munosabat bilan Tarix institutida o'tkazilgan majlisda Tarix instituti direktori Azamat Ziyo so'zga chiqib, Tarix institutida olib borilayotgan ishlar va loyihalar haqida fikr bildirib, Tarix instituti tashabbusi bilan yozilayotgan, 10 jilddan iborat "O'zbek davlatchiligi tarixi" kitobi haqida to'xtalib o'tdi. E’tirof muborak bo'lsin!
#Xalqaro anjuman

🌎Buyuk matematik olim Al-Xorazmiyning 1240 yilligi munosabati bilan Urganch davlat universiteti va Xorazm Maʼmun akademiyalarida oʼtkazilayotgan “XXI asr algoritmi” nomli xalqaro konferensiya 8-yanvar kuni oʼz ishini Xorazm Maʼmun akademiyasida davom ettirdi.

Anjumanda AQSH ning Los-Anjeles shahridagi Kaliforniya universiteti professorlari Rishi Sonthalia va Michael Murray hamda Virginia universitetining professori Michael Porterlar raqamlashtirish, modellashtirish va IT sohalarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, yangiliklar haqida maʼruza qildilar.

Shuningdek, anjuman ishtirokchilari Xorazm Maʼmun akademiyasi boʻylab sayohat qilib, muzeyi bilan yaqindan tanishdilar.

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Bugun

9-yanvar - matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Azimboy Saʼdullayev tavallud topgan kun (1947)

⚜️Azimboy Saʼdullayev 1947-yil 9-yanvarda Shovot tumanida tugʻilgan. 1969-yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan, 1969-1972-yillarda shu universitet aspiranturasida tahsil olgan.

1972-yilda fan nomzodi ilmiy darajasini, 1982-yilda fan doktori ilmiy darajasini olgan. 1989-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi boʻlgan, 1995-yilda esa akademiyaning akademigi etib saylangan.
1992-yilda A.Saʼdullayev Urganch davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlangan. Ushbu vazifada 2007-yilgacha ishlagan. Aynan uning harakati bilan institut univeristet maqomini oladi.
1997-2007-yillarda Xorazm Maʼmun akademiyasi rahbarlik qilgan. 2007-2012-yillarda Oʻzbekiston Milliy universitetida matematik analiz kafedrasi mudiri, 2012—2017-yillarda matematik analiz kafedrasi professori hamda Matematika institutining bosh ilmiy xodimi boʻlib ishlagan.
2017-yildan Oʻzbekiston Milliy universitetida matematik analiz kafedrasi mudiri.

A.Saʼdullayevning amerikalik olimlar bilan birga kompleks potensiallar nazariyasi asosini yaratishgan. Bu nazariyani amaliyotda qoʻllab, bir necha yirik ilmiy muammolarni yechgan. Fundamental ishlarining bir qanchasi chet ellarda nashr qilingan, darslik va monografiyalarida chop etilgan. Azimboy Saʼdullayev 3 ta monografiya va 6 ta darsliklar, 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi. AQSh, Fransiya, Turkiya, Germaniya, Italiya, Rossiya, Xitoy kabi davlatlarga davlat va ilmiy delegatsiyalar tarkibida borgan.

1990-yilda Oʻzbekiston Faxriy yorligʻi, 2000-yilda „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni, 2020-yilda esa „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Ўзбекистон Математиклари (G'olibjon Botirov)
#buguntugilgankun 📌
9-yanvar Matematik olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi Azimboy Sa’dullayev tavallud topgan kun.
📻 "O'zbekiston-24" radiokanali Fm 87.9да har kuni soat 08:35, 20:35 da "Bugun" dasturi. 📆Muallif-Durdona Ma'diyeva.
@DurdonaDilshod
Audio
#buguntugilgankun 📌
9-yanvar Matematik olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi Azimboy Sa’dullayev tavallud topgan kun.
🎤Respondent-Uning shogirdi, Urganch davlat universiteti rektori, matematika fanlari doktori Bahrom Abdullayev
📻 "O'zbekiston-24" radiokanali Fm 87.9да har kuni soat 08:35, 20:35 da "Bugun" dasturi. 📆Muallif-Durdona Ma'diyeva.
@DurdonaDilshod
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💉 Koronavirusga qarshi vaksina
🍅 O'zbekistonlik olimlar pomidordan vaksina kashf etishdi.

🚀 Yanada ko‘proq yangiliklar bilan tanishib boring:
👉 @markaziytv 👈

📲 Hoziroq obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing.

💬 Telegram | 🌐 Instagram
🌐 YouTube | 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bugunning hikmati

Odamlarga kamroq qiziqing va g'oyalarga ko'proq qiziqing.

Mariya Kyuri
#Ilm-fan targ'iboti yo'lida

Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari va ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari bilan o'tgan yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlarni amaliyotga joriy etilayotgani, mamlakat rivojida qay darajada muhim ekanligini yoritish maqsadida yangi loyihani ilk qadamini boshlamoqdamiz.


Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube