O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
4.2K subscribers
14.3K photos
1.29K videos
625 files
7.56K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#E’tirof

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 80 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan Esdalik nishoni bilan Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti olimlari Fanlar akademiyasi akademigi K. Abdullabekov, professor S. Maksudov, fizika-matematika fanlari doktori L. Hamidov taqdirlandi. Ilm-fan uchun umrini baxshida etgan ustoz olimlarga e'tirof va e'tibor muborak bo'lsin!


Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Forwarded from Daryo — LIVE
O‘zbek olimlari pomidordan yangi avlod COVID-19 vaksinasini yaratdi

Genetik vektorlar va pomidor o‘simligi asosida yaratilgan vaksina pomidordan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilinadi.

@daryo_live
#Bugunning hikmati

Jamiki sir-asror aynan shu hozirgi kunda jam bo‘lgan. Ayni damdagi ahvolingni yaxshiladingmi, demak, ertangni ham o‘nglay olasan.

Paulo Koelo

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Forwarded from Ўзбекистон Математиклари (G'olibjon Botirov)
mathnet.uz - Milliy matematika onlayn platformasi

💻 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔊 E‘LON❗️

Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyati, harbiy mahoratini o‘rganish va keng miqyosda targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi unversitetida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Zahiriddin Muhammad Bobur faoliyati va ijodining xalqaro miqyosda o‘rganilishi va uning ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada faol ishtirok eting.

Telegram  | Facebook | Instagram | Youtube  | Web-site
#E’tirof

2024-yil 5-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 9-sentyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligiga bag'ishlangan yubiley tadbirlarini o'tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-298-sonli qarori ijorisini taʼminlash maqsadida Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yuldashev tomonidan Tarix Instituti direktori, akademik Azamat Ziyo, bosh ilmiy xodim, professor Dilorom Alimova va Kadrlar bo'limi boshlig'i Sayyora Xamraliyeva O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 80 yilligi Esdalik nishoni bilan taqdirlandilar. Shu munosabat bilan Tarix institutida o'tkazilgan majlisda Tarix instituti direktori Azamat Ziyo so'zga chiqib, Tarix institutida olib borilayotgan ishlar va loyihalar haqida fikr bildirib, Tarix instituti tashabbusi bilan yozilayotgan, 10 jilddan iborat "O'zbek davlatchiligi tarixi" kitobi haqida to'xtalib o'tdi. E’tirof muborak bo'lsin!
#Xalqaro anjuman

🌎Buyuk matematik olim Al-Xorazmiyning 1240 yilligi munosabati bilan Urganch davlat universiteti va Xorazm Maʼmun akademiyalarida oʼtkazilayotgan “XXI asr algoritmi” nomli xalqaro konferensiya 8-yanvar kuni oʼz ishini Xorazm Maʼmun akademiyasida davom ettirdi.

Anjumanda AQSH ning Los-Anjeles shahridagi Kaliforniya universiteti professorlari Rishi Sonthalia va Michael Murray hamda Virginia universitetining professori Michael Porterlar raqamlashtirish, modellashtirish va IT sohalarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, yangiliklar haqida maʼruza qildilar.

Shuningdek, anjuman ishtirokchilari Xorazm Maʼmun akademiyasi boʻylab sayohat qilib, muzeyi bilan yaqindan tanishdilar.

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube