O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
4.27K subscribers
14.8K photos
1.32K videos
640 files
7.75K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#XALQARO HAMKORLIK

➡️ Xorazm Ma’mun akademiyasiga Rossiyaning Almetyevsk davlat texnologiya universiteti "Oliy neft maktabi" davlat byudjeti oliy ta'lim muassasasining yetakchi ilmiy xodimi Trubin Yaroslav boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi.

✔️ Tashrif davomida ikkala ilmiy muassasa o’rtasida ilmiy hamkorlikni yo’lga qo’yish, hamkorlikda ilmiy taqiqotlarni amalga oshirish, o’zaro tajriba almashinuvi masalalari bo’yicha uchrashuv o’tkazildi.
✏️ Uchrashuv yakunida Xorazm Ma’mun akademiyasi bilan Almetyevsk davlat texnologiya universiteti "Oliy neft maktabi" davlat byudjeti oliy ta'lim muassasasi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

▶️ Shuningdek, mehmonlar tashrif jarayonida Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyati ilmiy ishlanmalar, laboratoriyalarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_sheriklik
#Qozog'iston_Respublikası

🇰🇿⚡️Joriy yilning 12-mart kuni Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutida M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida 2024-yilda tuzilgan memorandum asosida institut direktori S.Mambetullayeva va M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti vakillari, dotsent G.Alpamisova va shu universitetdan Biologiya fanlari nomzodi A.Bo‘raboyevlar ta’lim sohasi bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi. Shuningdek, uchrashuv davomida mehmonlar institut faoliyati bilan tanishib, magistrantlar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarning qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini tashkil etish bo‘yicha ham takliflarini bildirdi.

👉Batafsil

Rasmiy sahifamiz👉
📌 Telegram | Facebook |Instagram | Youtube
#XALQARO HAMKORLIK

Akademik Bobomurod Ahmedov Saudiya Arabistoni Qirolligida xizmat safarida bo‘ldi

✔️ O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti Nazariy astrofizika laboratoriyasi mudiri, akademik Bobomurod Ahmedov Saudiya Arabistonining Dhahran shahrida joylashgan King Fahd University of Petroleum and Minerals (KFUPM) universitetida mehmon bo‘ldi.

➡️ Akademik B.Ahmedovning tashrifi davomida Qirol Fahd universiteti professorlari va tadqiqotchilari bilan qora o‘ralar astrofizikasi bo‘yicha ilmiy hamkorliklar muhokama qilindi. Uning rejalari o‘zbekistonlik olimlarning relativistik astrofizikadagi natijalari va yutuqlarini taqdim etishdan iborat edi.
Ushbu safar ilmiy hamkorlikni chuqurlashtirish va mustahkamlash, shuningdek yosh ilmiy kadrlar tayyorlashga xizmat qildi. Akademik Ahmedov va uning jamoasi Saudiya Arabistonidagi olimlar bilan ilmiy aloqalarni rivojlantirishda muhim qadam tashladi.

🟢 Safar yakunida tashkil etilgan seminarlar va taqdimotlar ilmiy jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Ushbu ilmiy safar nafaqat ilmiy aloqalarni mustahkamlashga, balki O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi ilmiy hamkorliklarini kengaytirishga xizmat qiladi.

🔖 Ma’lumot o’rniga: King Fahd University of Petroleum and Minerals (KFUPM) 1963-yilda tashkil topgan va muhandislik, fan, texnologiya hamda menejment sohalarida yuqori sifatli ta'lim va tadqiqotlar bilan tanilgan nufuzli davlat universitetidir. Universitetning asosiy vazifasi neft va mineral resurslarga boy Saudiya iqtisodiyotini rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashdir.

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO HAMKORLIK

“Jahon xalqlarning ma’naviy merosi: etnomusiqa, etnofolklor, etnografiya” mavzusida
xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya o‘tkazildi

O‘zR Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institute Folklor bo‘limi mudiri Shomirza Turdimov Olmа-ota shahrida bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston Respublikasining YuNESKO va ISESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi, Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi, Qozog‘iston Respublikasining nomoddiy madaniy meros bo‘yicha Milliy qo‘mitasi, M.O.Auezov nomidagi Adabiyot va san’at instituti “Jahon xalqlarning ma’naviy merosi: etnomusiqa, etnofolklor, etnografiya” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyada O‘zbekiston nomidan maxsus vakil sifatida ishtirok etdi.
Konferensiyada “Turkiy xalqlarning xalq qo‘shiqlarida ramz va timsollar hamda ularning mushtarakligi” va “Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining “Qiz Jibek” dostoni hamda uning baxshi epik repertuaridagi o‘rni” mavzusidagi ma’ruzalar bilan qatnashdi.
Shuningdek, Sh.Turdimov ilmiy safar davomida xorijlik olimlar bilan folklorshunoslik, etnografiya, globallashgan dunyoda xalq qo‘shiqlarining o‘rni va ahamiyati kabi masalalar haqida fikr almashdi, bu yo’nalishda tadqiqot olib borayotgan olimlar, mavzuga doir qilingan ilmiy ishlar bilan yaqindan tanishdi.


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO ALOQALAR

Qirg'iziston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi FА Tarix institutida

FА Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo Qirg'iziston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Duyshonkul Chotonovni qabul qildi.

Uchrashuv davomida soʼnggi yillarda qardosh xalqlarimiz, doʼst davlatlarimiz oʼrtasidagi aloqalar yangi sifat bosqichiga koʼtarilgani alohida taʼkidlanib, olimlarimiz, ayniqsa, tarixchlarimiz aro hamkorlikni ham munosib yoʼlga qoʼyish zaruratiga urgʼu berildi. Bunda asosiy eʼtiborni
✓ O‘zbekiston FА Tarix instituti va Qirg'iziston FА Tarix, arxeologiya, elshunoslik instituti oʼrtasida izchil va tizimli ilmiy hamkorlikni yoʼlga qoʼyish, jumladan, aniq maqsadga yoʼnaltirilgan kelishuvni imzolash;
✓ ikki yurt jamgʼarma, kutubxona va arxivlarida saqlanayotgan manbalardan unumli foydalanish;
✓ oʼzbek-qirgʼiz qoʼshma ilmiy loyihalarini amalga oshirish;
✓ birgalikda ikki va koʼp tomonlama ilmiy yigʼinlar oʼtkazish;
✓ ikki davlat tarixchi yoshlari uchun yozgi o'qishlarni tashkil qilish;
✓ ilmiy jurnallarda maqolalar eʼlon qilish, ilmiy adabiyotlar almashish kabi masalalarga berishga ham kelishib olindi.


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO HAMKORLIK

📌 Beira interior universiteti taklifiga ko'ra ayni paytda Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktori o'rinbosari Abror Xudoyberdiyev Portugaliyada ilmiy safarda bo'lib turibdi.
✔️ Tashrif doirasi Ab.Xudoyberdiyev Portugaliyaning Azores universitetida tashkil etilgan Noassosiativ algebralarga bag'ishlangan konferensiyada ishtirok etmoqda.


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO HAMKORLIK

FA San’atshunoslik institutiga avstriyalik Kerstin Klenke va Uill Prenstis tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar ishtirokida seminar tashkil etildi va 20 yildan ziyodroq vaqtdan beri o‘zbek musiqa madaniyati masalalari bilan shug‘ullanib keladigan germaniyalik olima, bugungi kunda Avstriya Fanlar akademiyasi Fonogrammarxivi direktori, san’atshunoslik fanlari doktori Kerstin Klenke xonim va ushbu muassasa yetakchi xodimi, Markaziy Osiyo va Kavkazdagi ilk ovozyozuvlar tadqiqotchisi, 20 yildan ziyod vaqt davomida Britaniya kutubxonasi Tovush arxivida faoliyat yuritgan zabardast mutaxassis, tarixiy ovozyozuvlarni raqamlashtirish ustasi Uill Prenti "Nomoddiy madaniy merosni hujjatlashtirish va saqlash yo'lida 125 yil: Avstriya Fanlar akademiyasi Fonogrammarxivi" mavzusida ma'ruza qilishdi.
Ma'ruzachilar Avstriya Fanlar akademiyasi Fonogrammarxivining tarixi va bugungi jarayonlari, sohadagi o'z tajribalari, musiqiy asarlarni raqamlashtirishga doir xalqaro loyihaning ahamiyati va jahon mamlakatlarida qo'llanilishi hamda istiqboli xususida qimmatli ma'lumotlar berishdi.

Ma'lumki, O'zR FA va Avstriya Fanlar akademiyasi o'rtasida yaqin ilmiy aloqalar mavjud. Hozirda amalga oshirilayotgan "O‘zR FA San’atshunoslik instituti Fonotekasi – infratuzilma va salohiyatni yaratish bo‘yicha uch tomonlama loyiha (D-UZ-A): Fonoteka audiokolleksiyalari va u bilan bog'liq materiallarni restavratsiya qilish, raqamlashtirish, kataloglashtirish va raqamli shaklda saqlash" mavzuidagi xalqaro loyiha ushbu hamkorlikning yorqin tasdig'idir. Ayni vaqtda loyihani bevosita amalga oshirish bosqichiga yetib kelingan.
Seminarda institut olimlari, ilmiy xodimlari ham so'zga chiqib, ushbu loyihaning ahamiyati haqida fikr bildirishdi.
😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO HAMKORLIK

📌 O'zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shahlo Turdikulova YuNESKO bosh qarorgohida oʼtkazilgan Ilmiy diplomatiya boʼyicha Global vazirlar muloqotiga ishtirok etdi

🟢 Mazkur muhim tadbir 2024–2033-yillarga moʼljallangan Barqaror rivojlanish uchun ilm-fan xalqaro oʼn yilligi doirasida tashkil etildi va dunyo mamlakatlarining hukumat, ilm-fan va xalqaro tashkilotlar vakillarini birlashtirdi.

➡️Muloqot yakunida Vazirlar darajasidagi Qoʼshma Bayonot qabul qilindi. Unda ilmiy diplomatiyaning tinchlikni mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va global muammolarni hal etishdagi hal qiluvchi roli qayd etildi.

❗️Bayonotda quyidagi muhim jihatlar taʼkidlandi:
✔️ ochiq va inklyuziv ilmning ahamiyati;
✔️ ilmiy maʼlumotlarga asoslangan diplomatik qarorlar qabul qilish;
✔️ ilmiy diplomatiya sohasida inson va institut salohiyatini rivojlantirish zarurligi.

🗣️ Ushbu muhim tadbirda O'zbekiston vakilining ishtiroki ishonch, muloqot va barqaror kelajak sari xizmat qilish yoʼlidagi yana bir muhim qadamlardan biridir.


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO NAShR

“The Times of Central Asia” saytida O’zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti olimlari Baxtiyor Karimov hamda Faxriddin Ibrohimovlarning intervyulari e'lon qilindi.

Unda Markaziy Osiyo allomalarining bugungi davlatlarda tutgan o'rni hamda o'rta turk tili g'oyasi haqida so'z boradi.
Maqolani ingliz tilida ushbu havolada o'qishingiz mumkin.


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO HAMKORLIK
#Slovakiya

🇸🇰Bugun, 3-aprel kuni Pavel Yozef Safarik nomidagi Slovakiya universitetidan professor M.Kundrat va boshqa olimlar Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutiga ilmiy tashrif bilan keldi.

📎️Bunda olimlar Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutining direktori, professor S.Mambetullayeva hamda shu institutning bosh ilmiy xodimi, akademik N.Ayimbetov, texnika fanlari doktori I.Ayimbetovlar bilan suhbatlashib, navbatdagi hamkorlikdagi paleontologik ekspeditsiyani Qoraqalpog‘iston hududida o‘tkazish imkoniyatlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi.

🔍Ma’lumot uchun: o‘tgan yilning sentyabr oyida qoraqalpog‘istonlik olimlar bilan hamkorlik qilish maqsadida Slovakiyadan bir necha paleontolog olimlar kelib, Orolbo‘yidagi ko‘plab hududlarda tadqiqotlar olib borib, noyob topilmalarni topgan edi.


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM