O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.81K subscribers
13.6K photos
1.24K videos
606 files
7.21K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#Xalqaro_ishchi_kengash

Madaniy meros obyektlarini oʻrganishda yadro fizikasi usullarini qoʻllash” -Uchinchi Xalqaro ishchi kengashi o’z ishini boshladi

Bugun Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida “Madaniy meros obyektlarini oʻrganishda yadro fizikasi usullarini qoʻllash” mavzusida Uchinchi Xalqaro ishchi kengashi faoliyati boshlandi. Kengash Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti hamda Dubna shahridagi Yadro tadqiqotlari birlashgan institutining neytron fizikasi laboratoriyasi hamkorligida tashkil etilgan. Kengash Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining 80 yilligiga bagʻishlab o’tkazilmoqda. O‘zbekiston olimlari va mutaxassislarining yadro fizikasi, yadro texnologiyalari sohasidagi ilmiy ishlari va ularning yuqori saviyasi xorijdagi hamkasblarida katta qiziqish uygʻotayotganligi ularning tashkil etilayotgan kengashda keng ishtirok erish istagidan bildirishlarida namoyon bo'lmoqda. Kengashda Rossiya, Qozogʻiston, Vyetnamdan 47 nafar olim, shu jumladan Toshkent va Samarqand ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlaridan 19 nafar olim ishtirok etmoqda.
Ushbu Kengashni o’tkazishdan asosiy maqsad yosh mutaxassislar va magistrantlarning yadro fizikasi faniga boʻlgan qiziqishini oshirish bo'lib, yadro fizikasi sohasidagi yangiliklarni o'zaro almashishlari uchun turli ilmiy markazlarning yetakchi olimlari yadro fizikasi, arxeologiya, sinxrotron va neytron tadqiqotlari, madaniy meros obyektlarini buzmasdan tadqiq qilish boʻyicha maʼruzalarr oʻqishlari uchun taklif etilgan.
Kengash yalpi majlislarda jami 10 ta maʼruza, shoʻba majlislarida 20 ta maʼruza eshitiladi.
Kengashda turli mamlakatlar olimlari va mutaxassislari oʻrtasidagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilinadi.

Xalqaro ishchi Kengash ishi ertaga ham davom etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Bugunning hikmati


Sevgida quyosh kabi bo'l.
Do'stlik va qardoshlikda
oqar suv kabi bo'l.
Birovlarning xatolarini yopishda
kecha kabi bo'l.
Tavozeda tuproq kabi bo'l.
G'azab onida o'lik kabi bo'l.
Har ne bo'lsang bo'l –
yo asling kabi ko'rin,
yo ko'ringaning kabi bo'l.

Jaloliddin Rumiy
#Jarayon


Bugun suratga olganimiz "Fan va tarix" kōrsatuvida Ōzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori bilan 2012-yil 18-aprelda tashkil etilgan Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazining yaqin tarixi, bugungi ilmiy tadqiqotlari haqida sōz bordi. Efirlarimizni kuzatib boring! Ilm- fanga befarq bōlmagan kuzatuvchilarimizning fikrlari biz uchun muhim!
TAVSIYA! 👉

Telegram’dagi saviyasiz va bemaza kanallardan zerikdingizmi? Hamma joyda “aylanadigan” bir xil rasm/videolardan bezib ketdingizmi?

Unda sizga ziyolilarga mo‘ljallangan kanalni tavsiya qilamiz – “Madaniyat va ma’rifat” telekanali. O‘zbekistonda o‘z yo‘nalishida yagona bo‘lgan telekanalning rasmiy sahifasida ziyolilarning millatni uyg‘otuvchi teran fikrlari, ilm-fan, adabiyot, san’at, kino va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi ko‘rsatuvlar joylab boriladi.

Obuna bo‘ling – “Madaniyat va ma’rifat” telekanali!
#Online                                                               

"Ōzbekiston" telekanalida 18:30 da "Munosabat" tok shousini jonli efirda kōring! Kōrsatuvda Davlat tilini rivojlantirishda Fanlar akademiyasi olimlari amalga oshirayotgan ishlar tilga olinadi. Mavzu dolzarb. Bizni kuzatishni unutmang!
#Bugunning hikmati

Bir lahza g'azabga sabr qilsang, yuz kunlik g'amdan qutilasan.

Xitoy xalq maqoli
В Узбекистане прошел установочный семинар по новому трансграничному проекту по сохранению сайгака

Незаконная охота на сайгака (Saiga tatarica) привела к одному из крупнейших сокращений численности - в конце 1990-х- начале 2000-х гг. вид сократился более чем на 90%. С тех пор, несмотря на продолжающиеся угрозы (включая браконьерство, торговлю частями тела и дериватами сайгака, воздействие линейной инфраструктуры, изменение климата и вспышки заболеваний), серьезные усилия по сохранению (в рамках выполнения Меморандумом CMS-CITES о взаимопонимании по сохранению сайгака) позволили добиться различной степени восстановления степной антилопы во всех пяти популяциях (CMS 2021). Наиболее впечатляющие результаты по восстановлению продемонстрированы в Казахстане, где обитает >97% мирового поголовья сайгаков. Численность сайгаков на Урале (Казахстан-Россия) сейчас может приближаться к исторической, а численность сайгаков в Бетпак-Дале (Центральный Казахстан) также может достичь этой отметки в ближайшие 3-5 лет. Численность популяций на Устюрте (Казахстан-Узбекистан), Прикаспийском регионе (Россия) и Монголии, хотя и восстанавливается, все еще составляет лишь малую часть своей прежней численности. Наиболее критической продолжает оставаться ситуация с устюртской популяцией.
Альянс по сохранению сайгака совместно с международной природоохранной организацией Фауна и Флора (Fauna and Flora), Казахстанской Ассоциацией по сохранению биоразнообразия, Институтом зоологии АН РУз и Оксфордским университетом начал выполнение трехгодичной программы «Укрепление местного потенциала для осуществления научно обоснованной охраны сайгака в его естественной среде обитания в Казахстане и Узбекистане».


Подробнее👉 https://facebook.com/academy.uz
#Xalqaro aloqalar

Olimlar birdamligi-taraqqiyot, do'stlik, yuksak loyihalar asosi

Bugun Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo olimlarining 1-chi forumi o‘z ishini boshladi. Unda O'zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Bexzod Yuldashev boshchiligidagi O‘zbekiston olimlari delegatsiyasi ham qatnashmoqda. Olimlar Forumi 14-15 sentabr kunlari Dushanbe shahrida Markaziy Osiyoning beshta davlati rahbarlarining maslahat uchrashuvi tadbirlari doirasida bo‘lib o‘tmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube