O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.46K subscribers
13.3K photos
1.22K videos
594 files
7.02K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
DIQQAT! “Aziz Sanjar tadqiqot stipendiyasi dasturi” arizalar qabuli uchun ochiq!!!!

2022 yilning 20-24 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B. Yuldashev boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Fanlar akademiyasi prezidenti (ТÜБА) Muzaffer Sheker taklifiga ko‘ra, ushbu mamlakatda bo‘lgan edi.
Ushbu uchrashuv yakuniga ko‘ra, ТÜБА va ТÜБİТАК o‘rtasida O‘zbekistonlik tadqiqotchilar uchun “Aziz Sanjar tadqiqot stipendiyasi dasturi” joriy etish bo‘yicha Protokol imzolandi.
Batafsil👉Stipendiya haqida

Savollar uchun [email protected] murojaat qilish mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Xushxabar

Akademiyaning umidli yoshlari

Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti Zoologiya kolleksiyasining ikki nafar yosh xodimi Ruzimov Akbarjon va G'ulomova Dilorom 2023 АNSO scholarship tanlovida ishtirok etib Xitoy Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti tayanch doktoranturaga
muvafaqqiyatli qabul qilinganligi munosabati bilan tabriklaymiz! Akademiyaning bu ikkala umidli yosh olimlarining kelgusi faoliyatlariga omadlar tilaymiz!

Ma’lumot uchun: Hozirgi kunda Zoologiya institutning 5 nafar yosh ilmiy xodimi Xitoy Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti laboratoriyalarida PhD dasturida tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Bugunning hikmati

Yurt obro'sin yoshlar saqlar.

Munavvar qori Abdurashidxonov
#Tabiatni asraylik!

O’zbekistonda yovvoyi hayvonlarni asrash borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Ikki kunlik seminar muhim savollarga javob berdi


O’zbekiston Bojxona qo’mitasining Respublika kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish markazida “Noqonuniy xalqaro savdo ob'ekti bo'lgan yovvoyi hayvonlarni aniqlash. Ularni bartaraf etishning qonuniy asoslari” mavzusiga bag’ishlangan ikki kunlik seminar bo’lib o’tmoqda.

Batafsil👉Seminar haqida

Loyiha “Fauna & Flora International” xalqaro ekologik tashkiloti, Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti va “Ekomaktab” ekologik resurs markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Dolzarb mavzu

Xususiy uylarning zizilabardoshligini ta’minlash-ilmiy asoslar va xulosalar

Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida “Kuchli zilzilalar ta’sirida Toshkent shahrining talafotlanish darajasini iqtisodiy baholash imkonini beruvchi raqamli simulyatsion modelini yaratish” loyhasi va yakka tartibdagi uy-joylarni barpo etishda seysmik xavfsizlikni oshirish borasida mahalla hududlarida fuqarolar bilan tushuntirish ishlari o‘tkazish, bunda “XUSUSIY UYLARNING ZILZILABARDOSHLIGINI TA’MINLASH” masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Qurilish vazirligi, Oliy o‘quv yurtlari vakillari ham qatnashdilar va olimlarning bu muhim masala yuzasidan ilmiy qarshlariga o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
DIQQAT! “Aziz Sanjar tadqiqot stipendiyasi dasturi” arizalar qabuli uchun ochiq!!!!

2022 yilning 20-24 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B. Yuldashev boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Fanlar akademiyasi prezidenti (ТÜБА) Muzaffer Sheker taklifiga ko‘ra, ushbu mamlakatda bo‘lgan edi.
Ushbu uchrashuv yakuniga ko‘ra, ТÜБА va ТÜБİТАК o‘rtasida O‘zbekistonlik tadqiqotchilar uchun “Aziz Sanjar tadqiqot stipendiyasi dasturi” joriy etish bo‘yicha Protokol imzolandi.
Batafsil👉Stipendiya haqida

Savollar uchun [email protected] murojaat qilish mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Bugunning hikmati

Madaniyatni topadurgan va yurgizadurgan asbobi ilmdir.

Is'hoqxon to'ra Ibrat
Bobur mirzoning butun hayoti tahlika ostida o'tgan bo'lib, taxtga o'tirganidan boshlab, joniga suiqasd qilishlar boshlangan edi.  Bobur mirzo bunday suiqasdlarga qanday chap berdi, dushmanlarining fitnasiga qanday taktikalar qo'lladi. Bu haqda O'zbekiston tarixi telekanalining "Qismat" ko'rsatuvining birinchichi qismida so'z boradi.

🎤 Тemuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimlari filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Elmira Hazratqulova va Botirali Yo‘ldoshev.

https://youtu.be/bFR_-x4rAJM
#Yangi nashr


"O‘zbekiston tarixi” jurnalining 2023 yil 1 -soni nashrdan chiqdi

“O‘zbekiston tarixi” jurnalining bu galdagi sonida har doimgidek bir-biridan qiziqarli maqolalar va tarixiy hujjatlardan tashkil topgan yangi ma’lumotlar o‘rin olgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yangilangan konstitusiyamiz uchunchi renessansni barpo etish yo‘lida mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilish haqida 2023 yilning 8- may kuni qilgan tarixiy ma’ruzalari bilan boshlanib, haqiqatdan ham uchunchi renessans poydevorining asosi ilm ekanligi uni huquqiy kafolati mustahkamlanganligi bilan ahamiyatlidir.
Dastlabki ilmiy maqola Tarix instituti Bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabovning “Turkiston ayol qo‘rboshilari” nomli maqola bilan boshlanadi. Ushbu maqolada Turkiston hududida rus bosqiniga qarshi mardonavor harakatlar olib borgan ayol qo‘rboshilar haqida so‘z boradi. “O‘zbekiston tarixi” jurnalining 2022 yil 1 -sonida “Turkiston qurboshilari” nomli katta maqolaning g‘oyaviy davomi desa bo‘ladi.
Navbatdagi ilmiy maqolada Sharqshunoslik instituti Bosh ilmiy xodimi tarix fanlari doktori O‘ktambek Sultonovning “Aholi qo‘lidagi tarixiy hujjatlarni raqamlashtirish muammolari va istiqbollari” deb nomlangan bugungi kun o‘rta asrlar davri tarixini xolis manbalar asosida tadqiqi etishda qo‘lyozma manbalarning qancha qismi aholi qo‘lida qolib ketayotganligi ularni ilmiy muomalaga tortishda yo‘l qo‘yilayotgan sustkashliklar haqida, hamda bartaraf etish choralari xususida olim o‘z mulohazalarini bildirib o‘tgan.

Batafsil👉Jurnal haqida

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube