O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
4.2K subscribers
14.3K photos
1.29K videos
625 files
7.56K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#Monitoring

Ilmning avvali achchiq, so’ngi-totli

Joriy yilning 10 iyulidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 22- maydagi 304-sonli “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to'g'risida Nizom” talablarining amaldagi ijrosini nazoratga olish maqsadida Fanlar akademiyasi tasarrufidagi ilmiy tashkilotlarda tahsil olayotgan doktorantlar hamda tayanch doktorantlar faoliyati monitoringini o'tkazish jarayonlari boshlangan.
Tadqiqotchilar faoliyati monitoringini o'tkazish davri 2023 yilning 10-22 iyul kunlariga belgilangan.
Monitoring jarayonida Ishchi guruh ishtirokida 699 nafar tayanch doktorant (ПҳД), 87 nafar doktorantlar (ДСc) bilan tasdiqlangan shaxsiy ish rejalarining bajarilishi, ilmiy faoliyatda mavjud bo'lgan muammo va takliflar to'g'risida suhbatlar o'tkazilmoqda hamda kerakli tavsiyalar berilmoqda.
#Bugunning hikmati

Buni amalga oshirib bo'lmaydi, degan odam buni qilayotgan odamga xalaqit bermasligi kerak.

Xitoy xalq maqol‌‌i
#Йиллар_ва_йўллар

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ФАНЛАР АКАДЕМИЯСИНИНГ ТУРЛИ ДАВРЛАРДАГИ ПРЕЗИДЕНТЛАРИНИ ТАНИЙСИЗМИ?

Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси мамлакатимизнинг олий илмий ташкилоти бўлиб, 1943 йилнинг ноябрида очилган.

Бугунги кунда академия Халқаро илмий иттифоқ (ISSU), Халқаро Радиоиттифоқ (URSU) ва Халқаро астрономик иттифоқ (IAU) аъзосидир.

@olimlar_minbari
#Jarayon

"Fan va tarix" kōrsatuvining navbatdagi sonida Ōzbekistonda bir asrlik matematika fani tarixi, Fanlar akademiyasi Matematika instituti faoliyati, tarixiy rivojlanishi bilan tanishtiramiz. Efirlarimizni kuzatib boring!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
📺 Mavzu | Chochning dafn udumlari
🎤Ko‘rsatuvda Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi, PhD Dilmurod Normurodov ishtirok etdi.

https://youtu.be/Kw5VIKZvQ8I
DIQQAT! “Aziz Sanjar tadqiqot stipendiyasi dasturi” arizalar qabuli uchun ochiq!!!!

2022 yilning 20-24 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B. Yuldashev boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Fanlar akademiyasi prezidenti (ТÜБА) Muzaffer Sheker taklifiga ko‘ra, ushbu mamlakatda bo‘lgan edi.
Ushbu uchrashuv yakuniga ko‘ra, ТÜБА va ТÜБİТАК o‘rtasida O‘zbekistonlik tadqiqotchilar uchun “Aziz Sanjar tadqiqot stipendiyasi dasturi” joriy etish bo‘yicha Protokol imzolandi.
Batafsil👉Stipendiya haqida

Savollar uchun [email protected] murojaat qilish mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Xushxabar

Akademiyaning umidli yoshlari

Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti Zoologiya kolleksiyasining ikki nafar yosh xodimi Ruzimov Akbarjon va G'ulomova Dilorom 2023 АNSO scholarship tanlovida ishtirok etib Xitoy Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti tayanch doktoranturaga
muvafaqqiyatli qabul qilinganligi munosabati bilan tabriklaymiz! Akademiyaning bu ikkala umidli yosh olimlarining kelgusi faoliyatlariga omadlar tilaymiz!

Ma’lumot uchun: Hozirgi kunda Zoologiya institutning 5 nafar yosh ilmiy xodimi Xitoy Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti laboratoriyalarida PhD dasturida tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Bugunning hikmati

Yurt obro'sin yoshlar saqlar.

Munavvar qori Abdurashidxonov