O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
4.2K subscribers
14.4K photos
1.3K videos
628 files
7.58K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
Joriy yilning 25-26 may kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Muzeyshunoslik va arxeologiya tadqiqotlari: dolzarb muammolar va zamonaviy yechimlar” xalqaro forumining g‘olib va sovindorlarini taqdirlash marosimida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi, O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, t.f.d., prof. Abdumajid Madraimov muzeylar sohasiga qo‘shagan ulkan hissasi uchun taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Web-site
Surxondaryoda madaniy meros yodgorliklarida tadqiqot ishlari olib borilmoqda

Boysun tumanining “Rabot” arxeologik yodgorligi hududida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Arxeologiya instituti va Xitoyning Shimoliy g‘arbiy universitetining Buyuk ipak yo‘li tadqiqot markazi tomonidan tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Ekspeditsiya aʼzolari bilan muloqot davomida xitoylik arxeologlar tomonidan tumanda arxeologiya muzeyi tashkil etish va dunyo tamaddun beshiklaridan biri bo‘lgan Boysunda topilgan eksponatlarni joylashtirish taklifi bildirildi. Ushbu taklif masʼul shaxslar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

Manba

Telegram | Instagram | Facebook | You Tube
#Bugunning hikmati

Sizni kim deb hisoblashlari muhim emas.
Siz  o`zingizning  kimligingizni bilsangiz bas....

Shams TABRIZIY
#Tarixni tadqiq etish yo'lida hamkorlik

Kat-qal’a yodgorligida yangi mavsum: tarixning yangi sinoatlari yuz ochmoqda!


Xorazm Ma’mun akademiyasi arxeolog olimlari Kat-qal’a yodgorligida yangi mavsumni boshlashdi. Tadqiqotlar oldingi yillarda aniqlangan arxaik davr inshooti qoldiqlarini o`rganishni davom ettirishdan boshlandi.
O`z navbatida akademiya arxeolog olimlari tadqiqotlar jarayoni bilan bir vaqtda boshlangan Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti (MOTXI) ning 2023 yil 15-25 may kunlari Qoraqalpog’iston respublikasi va Xorazm viloyati hududida "Buyuk ipak yo’li daryolari: qanday qilib suv Markaziy Osiyoda jamiyatlar va imperiyalarni shakllantirdi" mavzusi bo’yicha amalga oshirilgan loyihada ham ishtirok etdi.

Batafsil 👉Arxeologik tadqiqotlar
#ko‘chma_ko‘rgazma

🔰Bugun Abdulla Qodiriy uy-muzeyida o‘tkazilgan "Yangi O'zbekistonga qanot bo'lamiz! shiori ostidagi "Eng namunali ta'lim muassasasi", "Eng namunali o'qituvchi" hamda "Eng namunali o'quvchi" tanlovlariga bag‘ishlangan tadbirda Temuriylar tarixi davlat muzeyi tomonidan ko‘chma ko‘rgazma tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Web-site
#Xalqaro anjuman

🔴 Onlayn


Ayni daqiqalarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining "Ozbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi - jahon islom merosini ommalashtirishning muhim boʻgʻini" xalqaro anjumanida OʻzRFA akademigi Xakimov Akbar Abdullayevich "Oʻzbekistondagi Islom sanʼati merosi jahon madaniyatining ajralmas qismi sifatida" mavzusida maʼruza qilmoqda.