AIFU YOSHLARI
468 subscribers
1.73K photos
179 videos
23 files
511 links
Ushbu kanalda siz Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
Forwarded from Olmazor tumani hokimligi
🔰Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Olmazor tumanidagi umumta'lim maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.

🔹Qiziqarli va murosasiz kechgan tadbirda g‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan! 
 
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
👍31👎1🔥1
Forwarded from Mutolaa
4/5) "Alvido, bolalik" asarida Asrorning "kul bosgan umidi" deb nima nazarda tutilgan edi?
Anonymous Quiz
23%
Ilm yoʻli
40%
Poytaxtda o'qib, maktab direktori bo'lish istagi
26%
Dilfuzaga erishish istagi
11%
San'at yo'li
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
‼️Ilm olish – ota-onaga rahmat olib keladi, mehnatlarini rohat qiladi! Biz bizni kelajagimiz uchun borini ayamagan insonlar oldida butun vujudimiz bilan harakat qilib, maqsadlarga yetishimiz shart!

@AIFU_Yoshlar
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida o'tkaziluvchi turnir va tadbirlar anonsi!

Ushbu haftaga rejalashtirilgan tadbirlar mundarijasi bilan tanishishingiz mumkin.

Murojaatlar uchun: Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi (108-xona)

@AIFU_Yoshlar
👍2🔥1
Shuningdek, bugun "Jadidlar jasorati - millatimiz faxri" hamda "Jadidlar: milliy o'zlik, istiqlol va davlatchilik g'oyalari" mavzularida insholar tanlovining universitet bosqichi o'tkaziladi.

🗓 3-fevral
11:00
📍 201-xona

@AIFU_Yoshlar
👍3
Forwarded from AIFU Zakovat
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida "AIFU Zakovat ligasi" davom etadi!

🏆 "AIFU Zakovat ligasi" 10 ta turdan iborat bo'lib, liga yakuniga ko'ra, 1,2,3-o'rin sohiblari quyidagicha taqdirlanadi:

📚 Kitoblar to'plami;
🧳 Samarqandga sayohat yo'llanmasi.


3️⃣ - TUR

📆 4-fevral, seshanba kuni
15:00


❗️Liga tizimida har bir jamoaga ochko berib boriladi. Qaysidir turni o'tkazib yuborgan jamoaning g'oliblik uchun davogarligi keskin pasayib ketishi mumkin. Shoshiling, ro'yxatdan o'ting, joylar soni cheklangan.

❗️Talablar: Jamoa a'zolari 5 kishidan oshmasligi lozim. Jamoa a'zolari bir guruhda tahsil oluvchi talabalardan iborat bo'lishi shart. Terma jamoa tashkil etilishiga yo'l qo'yilmaydi. Talabga mos kelmaydigan, qoidalarni buzgan jamoalar ligadan chetlashtiriladi!

Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/FAh9pJSBumTF9xEe6

@AIFU_Zakovat
👍3🔥2
Forwarded from AIFU Mushoira klubi
🎙Bugungi Muhammad Yusufning "Mo'min chol" she'riy hikoyasini Xorijiy til va adabiyot yo'nalishi bo'yicha 1-kurs talabasi Yusupova Charos o'qidi.

O'z audiolarini yubormoqchi bo'lgan talabalar ushbu manzilga murojaat qilishlari mumkin: Surayyo Tasheva

@AIFU_Mushoira
👍1
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida davra suhbati tashkil etildi!

Taniqli yozuvchi Mahmud Yo'ldosh hamda O'zbek milliy akademik teatrining taniqli rejissyori O'zbektosh To'raxonli boshchiligidagi ijodiy guruh tomonidan universitetimiz talabalari uchun davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida teatr ijrochiligida o'zini sinab ko'rmoqchi bo'lgan talabalar o'zlari uchun qiziq bo'lgan savollarga javoblar olishdi.

Mahmud Yo'ldoshning "Samoviy suhbat" asari universitet talabalaridan iborat jamoa tomonidan sahnalashtirilishi belgilandi.

Keyingi uchrashuv kasting tarzida tashkil etilib, asarni o'qigan talabalar orasidan jamoa shakllantirish rejalashtirildi.

@AIFU_Yoshlar
👍32👏1
Forwarded from AIFU Zakovat
"AIFU Zakovat ligasi" navbatdagi o'yinida qatnashuvchi jamoalar ro'yxati!

3️⃣ - TUR

🗓 BUGUN, 4-fevral
14:00


Birinchi savol 14:00 da o'qiladi. Kech qolmaslik talab etiladi.

@AIFU_Zakovat
👍3🤝2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustoz📚

🕊 Xurshid Do‘stmuhammad: "Ustoz shogird uchun qutb yulduzidir"

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligidagi “Ustoz” loyihasining bu galgi mehmoni O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi, yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad.

Ijodkorning fikricha, ustozsiz hayot yo‘q. Ammo ustozlik maqomiga yetishishning muhim sharti bor. Ya’ni, shogirdlarga bog‘lanish kerak. Ustoz-shogird an’anasi hayotning oltin zanjir halqalaridir. Bugungi shogird ertaga ustoz bo‘ladi va u ham shogirdlar yetishtiradi. Shu asnoda zanjir halqasi singari ustoz-shogirdlik an’anasi davom etadi.


▶️Batafsil: https://youtu.be/2wvz4eTDDS8?si=tTUBBZiP01dQYwiQ

@AIFU_Yoshlar
2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida "eFootball mobile" bo'yicha turnir.

Qoidalar
Chit ishlatish mumkin emas❗️

🏢 O'yinlar bo'lib o'tadigan yerga o'z vaqtida kelish.

📋 Ro'yxatdan o'z vaqtida o'tish.

📋 Ro'yxatdan o'tish uchun: eFootball

🗓 Kun: 5-fevral

Vaqti: 15:30

🎮Oʻyinlarni batafsil quyidagi kanalda yoritib boriladi:
@AIFU_Besh_tashabbus
👍4😁3